Andijonlik bloger Otabek Nuriddinov Telegram’dagi kanalida 150 Cobalt, Spark, Gentra maşinalari bilan ortilgan 50 ta yuk maşinasi 23 kundan beri Ufa şahrida sarson bölib yurgani, mehmonxonada tunaş uçun pullari yöqligi bois maşinada yotib yurgani haqida yozgan. “Özavtosanoat” AJ matbuot xizmatining yozişiça, bu ma'lumot haqiqatga zid.
“Keça yordam sörab bir fura haydovçisi murojaat qilgandi. 2 mart kuni ortilgan maşinalar bilan Ufa şahriga yetib borişgan. Tamojnya bularni qabul qilmagan, çunki kutib olişi kerak bölgan diler tegişli hujjatlarni rasmiylaştirmagan.
Oradan bir neça kun ötib dilerning Rustam ismli işçisi kelib, vaziyat bilan şuğullanişini aytgan va şu böyi yöq bölib ketgan. U 20 mart kuni qaytib kelgan va busiz ham oğir vaziyatda qolgan haydovçilar bilan qöpol muomalada bölgan. Şu joyda janjallaşib ketişgan va haydovçilar holatni videoga olişgan”, deb yozadi Otabek Nuriddinov.

Blogerning haydovçilarga tayanib ma'lumot berişiça, diler UzAuto Motors zavodiga maşina jönatmaslik haqida xat jönatgan, şunga qaramasdan Ufaga 50 yuk maşinasida Özbekistonda işlab çiqarilgan 150 ta avtomobil jönatilgan. Dilerning vakillariga köra, avtozavod eksport statistikasini oşiriş uçungina bu işni amalga oşirgan.
“Ufadagi diler omborlari tölaligini aytib, bironta ham maşinani qabul qilmagan. Hozirda “fura”larning bir qismi Moskvaga yöl olmoqçi, lekin u yerda ham maşinalar qabul qilib olinişiga kafolat yöq. Har bir “fura” uçun örtaça 50-100$ atrofida kunlik tölov tölanişi kerak ekan. Bu degani har bir kun uçun 50 ta “fura”ga 2500-5000$. Endi buni 23 kunga köpaytirilsa... “Avtoprom”imiz qança ziyon körayotganini tasavvur qiliş qiyin emas”, deb yozadi Otabek Nuriddinov.
“Özavtosanoat” aksionerlik jamiyati matbuot xizmati AJ matbuot xizmati rahbari Zumrad Şojalilovaning Kun.uz’ga bildirişiça, kompaniyaga tuhmat qilgani uçun bloger ustidan huquq-tartibot organlariga ariza kiritilgan.
“Yuqorida körsatilgan xabar haqiqatga zid bölgani sababli biz muallif ustidan huquq-tartibot organlariga murojaat qilişga majbur böldik. Özbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi Kodeksning 40-moddasi V Bobiga muvofiq Tuhmat, ya'ni bila turib yolğon, boşqa bir şaxsni şarmanda qiluvçi uydirmalarni tarqatiş bazaviy hisoblaş miqdorining yigirma baravaridan oltmiş baravarigaça miqdorda jarima solişga sabab böladi. Bu haqda post muallifi şaxsiy xabarnoma orqali xabardor qilingan”, deydi u.








