Buxoro viloyati hokimligida tegişli boşqarma, taşkilot va korxonalar mas'ul xodimlaridan tarkib topgan Covid-19 kasalligiga qarşi kuraşiş va tarqalişining oldini oliş böyiça viloyat ştabidan olingan ma'lumotga köra, 24 mart kuni yarim tunda Rossiyadan Vnukovo—Buxoro yönalişida uçgan aviareys qabul qilindi.

«Samolyot bortida 266 nafar mamlakatimiz fuqarolari favqulodda holatdan kelib çiqqan tartib-qoidalar asosida kutib olindi.

Şaxsiga töxtalsak, ularning 202 nafari erkak, 64 nafari ayol va 11 nafari voyaga yetmaganlar. Yölovçilarning 7 nafari nafaqa yoşidagilardan iborat bölsa, ularning 4 nafari çet davlatdan deport qilinganlardir. Tarkibda viloyatimizdan taşqari, Toşkent şahri hamda viloyati, şuningdek, Xorazm, Samarqand, Surxondaryo, vodiy viloyatlaridan, qolaversa, Qoraqalpoğiston respublikasidan yurtdoşlarimiz bor.

Buxoro xalqaro aeroportida tegişli tartibda karantin me'yorlariga muvofiq qarşi olingan yölovçilar orasidan tana harorati yuqori bölganligi sababli 4 nafar fuqaro viloyat Yuqumlik kasalliklar şifoxonasiga olib borilgan. Qolgan yölovçilarning har biriga nisbatan tibbiy-profilaktik nuqtai nazardan qattiq nazorat örnatilgan», deyiladi viloyat hokimligi matbuot xizmati xabarida.

Şuningdek, samolyotda Vobkent tumanida istiqomat qilgan bir fuqaroning jasadi ham bölgan. Ma'lum bölişiça, Rossiya Federatsiyasiga qatnab, işlab yurgan bu fuqaro insult oqibatida çet elda vafot etgan.

Bugun, 25 mart kuni «Istanbul-Farğona» charter reysida Turkiyadan olib kelingan 244 nafar fuqaro Farğona xalqaro aeroportida kutib olinib, Oltiariq tumanidagi «Qiziltepa» faxriylar sihatgohiga joylaştirildi. Samolyotda bölgan yölovçilardan biri insult oqibatida vafot etgan.

Soğliqni saqlaş vazirligi Farğonada ikki nafar koronavirus bemori davolanayotgani haqida ma'lum qilgan.