«Ayni vaqtgaça Özbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni yana beştaga oşib, 65 nafarni taşkil etmoqda.

Uşbu infeksiya Saudiya Arabistonida Umra safarida bölib qaytgan farğonalik bemorning turmuş örtoği, ikki nafar farzandi va kelinida aniqlangan. Ular ayni vaqtda Farğonadagi yuqumli kasalliklar şifoxonasida davolanmoqda. Yana bir bemor Toşkent viloyatidan bölib, ayni paytda u Virusologiya ilmiy tekşiriş instituti klinikasida davolanmoqda», deyiladi Soğliqni saqlaş vazirligi xabarida.

25 mart kuni Namangan viloyatida ham bir kişida virus aniqlangandi, bu bemor Turkiyaning Istanbul şahridan kelgan. Ayni vaqtda Namangan şahri kiriş va çiqiş uçun yopib qöyilgan.

Bundan avvalroq Farğona viloyatida koronavirus bemorlari soni 2 nafar ekani aytilgandi.