«Sönggi 24 soatda menda yengil simptomlar paydo böldi va koronavirusni aniqlaş böyiça test natijasi ijobiy çiqdi», — degan Jonson.

Ayni vaqtda 55 yoşda bölgan siyosatçi videomurojaati yakunida barçani uyda qolişga çaqirgan.

U Dauning-stritdagi qarorgohida karantinda qolmoqda, ammo hukumatni videokonferensiya aloqa orqali boşqarmoqda.

  • 25 mart kuni Britaniya taxti vorisi — 71-yoşli şahzoda Çarlzga koronavirus taşxisi qöyilgandi. Ayni vaqtda Şotlandiyada bölgan şahzoda va rafiqasi özlarini izolyatsiya qilişgan.
  • 27 mart holatiga köra, Buyuk Britaniyada 11658 kişida koronavirus aniqlangan, bemorlarning 578 nafari vafot etgan, 135 kişi tuzalgan.
  • Tasdiqlanmagan ma'lumotlarga köra, qiroliça Yelizaveta II koronavirus tufayli millatga telemurojaat qilişga tayyorlanmoqda. Bu uning 68 yillik boşqaruvi davrida törtinçi marta rejadan taşqari telemurojaati bölişi mumkin.
  • Buyuk Britaniyada 23 mart kuni 3 haftalik karantin joriy etilgandi.