Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev raisligida 26 mart kuni koronavirus infeksiyasi tarqalişiga qarşi kuraşişni kuçaytiriş masalalariga bağişlangan videoselektor yiğilişi ötkazdi.
Tadbir avvalida xalqqa yana bir bor murojaat qilgan davlat rahbari xorijdan kelgani uçun karantinga olingan fuqarolar karantin tartiblarini qöpollik bilan buzayotgani va buning oqibatida virus tarqalayotganini qayd etdi.
«Bir narsani aniq tuşunib oliş lozim. Bizda aniqlangan kasallar soni kam-ku, 100 taga ham yetmaydi, xavotirga örin yöq, deb xotirjam böliş xiyonat hisoblanadi.
Çunki, koronavirus menga yuqmaydi deb befarq yurganlar nafaqat özining, balki ota-onasi, farzandlari, atrofidagilar, qolaversa, butun xalqimizning soğliği va hayotini katta xavfga qöyişini çuqur anglab yetişi kerak.
Davlat tomonidan körilayotgan çoralar odamlarimizning kasallikni yuqtirib oliş ehtimolini imkon qadar çegaralaş, virusli infeksiyaning tarqalişini jilovlaşga qaratilgan.
Tibbiyot qançalik rivojlangan bölmasin, davlat bunga qança-qança mablağ ajratmasin, odamlarimiz şifokorlar tavsiyasiga amal qilmasa, tartib-intizomli bölib, karantin qoidalariga rioya etmasa, barça körilayotgan çoralarimiz, pandemiyaga qarşi kuraşiş uçun safarbar qilingan yuz minglab fidoyi insonlarning mehnati behuda ketişi mumkin.
Ayrim hudud rahbarlari hozirga qadar fuqarolarga murojaat bilan çiqiş va yuzaga kelgan vaziyatni aholi örtasida tuşuntiriş çoralarini körmayapti. Mahalliy telekanallar, gazeta va jurnallarda, ijtimoiy tarmoqlarda işlar lozim darajada taşkil etilmayapti.
Viloyat, şahar va tuman, 4ta sektor rahbarlarining epidemiologik osoyiştalik uçun şaxsiy javobgar ekanligi haqida qat'iy ogohlantiraman. Sizlar koronavirus infeksiyasining tarqalişiga yöl qöymaslik, karantin rejimini buzişning barça salbiy oqibatlarini aholiga tuşuntiriş böyiça tunu kun işlaşingiz şart.
Mahalla fuqarolar yiğinlariga ham köp e'tirozlarim bor. Joylarda mahalla faollarining roli umuman sezilmayapti. Mahalla raislarining köz oldida ayrim fuqarolar köp odamlarni yiğib, dabdabali marosim va tadbirlarni ötkazişni davom ettirmoqda.
Misol uçun, Farğona viloyati Yozyovon tumani Beruniy mahallasida yaşovçi ayol Umradan qaytib kelib, uyda karantinda böliş talablarini qöpol ravişda buzib, ertasi kuni 120 nafar kişini çaqirib, dabdabali marosim ötkazgan. Oqibatda uning 4 nafar oila a'zosi infeksiya yuqtirgani aniqlandi. Yana qança odam kasallangani hali noma'lum.


















