Keça koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan bemor bugun miokard infarktidan vafot etdi. Bu haqda Soğliqni saqlaş vazirligi xabar bermoqda.
Şu yilning 26 mart kuni surunkali kasalliklari bilan dispanser nazoratida bölgan namanganlik 72 yoşli R. koronavirus infeksiyasi taşxisi bilan viloyat yuqumli kasalliklar şifoxonasiga yotqizilgan edi. Şu kuni soat 23:00lar atrofida maxsus laborator tahlillar natijasida unda uşbu infeksiya aniqlangan. Bemorga uşbu infeksiya 12 mart kuni Turkiya safaridan qaytgan va kasalligi tasdiqlanib, karantinga olingan qizi M.dan yuqqanligi dalillangan.
Vazirlik xabariga köra, bemor uzoq yillar davomida qandli diabet, surunkali ötkir yurak yetişmovçiligi va boşqa kasalliklar bilan davolanib kelgan.
Bildirilişiça, u bugun tongda soat 4:30da şifokorlarning reanimatsion muolajalariga qaramasdan ötkir miokard infarktidan vafot etgan.
Bundan oldin, koronavirus bilan oğriganlarning 13 nafarida zotiljam paydo bölgani xabar qilingandi.













