2020 yil 27 mart kuni Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi Kengaşining navbatdagi işçi yiğilişi bölib ötdi. Bu haqda Qonunçilik palatasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Unda prezident raisligida 26 mart kuni koronavirus infeksiyasi tarqalişiga qarşi kuraşişni kuçaytiriş masalalariga bağişlangan videoselektor yiğilişida muhokama etilgan masalalar, davlat rahbarining kuni keça qabul qilingan “Özbekiston Respublikasida koronavirus infeksiyasi keng tarqalişining oldini olişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi hamda “Koronavirus infeksiyasi tarqalişiga qarşi kuraşişga jalb qilingan tibbiyot va sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlarini qöllab-quvvatlaşga oid qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarorlarining mazmun-mohiyati va ahamiyati xususida söz yuritildi.

Davlat rahbarining koronavirusga qarşi kuraşiş yuzasidan xalqqa qilgan murojaati va unda kötarilgan masalalar ham Kengaş a'zolarining diqqat markazida böldi.
Yiğilişda ayni masalalar yuzasidan deputatlik korpusi oldida turgan muhim vazifalar belgilab olindi.

Qayd etilişiça, Oliy Majlis Qonunçilik palatasi faoliyatida Kengaş yiğilişi ilk bor videokonferensaloqa tarzida ötkazildi. Buning uçun quyi palatada barça texnik imkoniyat yaratilgani aytiladi.














