Kun.uz muxbirlari Zangiota tumanida koronavirus tufayli Özbekistonga olib kelingan vatandoşlarni karantinga oliş uçun zarur böladigan şifoxonalar qurilişi bilan bevosita tanişdi. Bugungi kunda 10 ming bemorni yoki karantinga olinadiganlarni bağriga siğdira oladigan bloklar «Özbekiston temir yöllari» AJning quriliş taşkilotlari hamda «Enter Engineering» tomonidan barpo qilinmoqda. Bu işlar uçun jami 4 mingga yaqin işçi-xizmatçi safarbar etilgan. Ikkita quriliş maydonida 400ga yaqin turli texnikalardan foydalanilmoqda.

Quriliş işlari jadal sur'atlar bilan davom ettirilmoqda

«Özbekiston temir yöllari» AJ «Gidrotexnika inşootlari qurilişi direksiyasi» boşliği Zohid Boboyevning sözlariga köra, ayni vaqtda poydevorni quyiş işlari olib borilyapti.

«Quriliş işlarini olib boriş uçun barça quriliş mahsulotlarini yetkazib beriş uzluksizligi ta'minlangan. Işçi-xizmatçilar uçun şaroitlar barpo qilingan, 3 mahal issiq ovqat taşkil etilgan.

Ma'lum qilişlariça, işlar ikki smenada olib borilyapti, işçilar dezinfeksiyalovçi vositalar, niqoblar bilan ta'minlanmoqda. Ularga koronavirusdan himoyalaniş usullari ham tuşuntirildi», deydi Zohid Boboyev.

«Enter Engineering» tomonidan barpo qilinayotgan qismida 1,5 mingdan ortiq işçi şifoxonani tezkorlik bilan qurib, foydalanişga topşiriş ustida jonkuyarlik körsatmoqda. Bunda 150ta texnika yordamidan foydalanilmoqda.

Har biri 5 ming kişiga möljallangan ikkita davolaş bloklari, tibbiyot xodimlari uçun alohida turar joylar, öta oğir ahvoldagi bemorlarni jonlantiriş bölimlari va karantin uçun maxsus xonalarni öz içiga oladi. Har bir blok ming kişilik 5ta alohida korpusga taqsimlanadi. Kommunikatsiya tarmoqlariga ulaniş, şifoxonani jihozlaş, zarur infratuzilmani yaratiş quriliş işlari bilan birga olib borilmoqda. Bu yerga xorijdan charter reyslar orqali olib kelinadigan özbekistonliklar joylaştiriladi.