O‘zbekiston | 01:07 / 29.03.2020
34174
3 daqiqa o‘qiladi

Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi shifokorlarga 25 mln so‘mgacha maosh berilishi haqida e'lon qildi

Ijtimoiy tarmoqlarda, ayniqsa telegram kanallarda tarqalib ketgan qisqagina e'lon ko‘pchilikning diqqatini tortdi. Unda barcha tibbiyot xodimlari ishga taklif qilinadi va vrachlarga 25 mln, hamshiralarga 15 mln, kichik tibbiy xodimlarga 10 mln so‘m maosh berilishi bildiriladi.

Foto: iStock

Izoh olish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi raisi muovini Abduno‘'mon Sidiqov bilan bog‘landik.

“Palatamizga tibbiyot xodimlarini jalb qilish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga ko‘mak berish vazifasi topshirilgan. Biz kelib tushgan murojaatlar orqali o‘z tavsiyalarimizni beramiz. Sog‘liqni saqlash vazirligi aynan kimni ishga qabul qilish bo‘yicha yakuniy qaror qabul qiladi. Tarqalib ketgan e'lon viloyat filiallarimizdan biri tomonidan berilgan, ammo shartlar batafsil tushuntirilmagani, mas'ul shaxs tayinlanmagani uchun tushunmovchiliklar kelib chiqqan”, dedi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, palata saytida butun respublika bo‘yicha tibbiyot xodimlarini jalb qilish bo‘yicha rasmiy e'lon joylangan.

“Marhamat, tanishishingiz mumkin, e'londa ishga kirish uchun murojaat yo‘llanadigan maxsus telegram-bot ham ko‘rsatilgan:

Milliy Palata bugun, 27 mart kuni "Milliy Palata COVID-19" (t.me/uzhealth_covid2019) maxsus telegram kanalini tashkil qildi.

Ushbu kanalga obuna bo‘lish orqali O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasining tarqalishiga qarshi kurashda bevosita ishtirok etishni istagan sog‘liqni saqlash mutaxassislari (shifokorlar, hamshiralar, laboratoriya yordamchilari) o‘zlarining aloqa ma'lumotlarini qoldirishlari mumkin.

Eslatib o‘tamiz, prezident qaroriga ko‘ra, koronavirus tarqalishiga qarshi kurashish bilan shug‘ullanadigan ishchilar moddiy yordamga tayanishi mumkin.

Karantin paytida (shu jumladan, 2020 yil mart oyida ham) bemorlarni turar-joy binolari va laboratoriyalarda koronavirus infeksiyasi bilan aloqa qilgan xodimlarga har 14 kunlik ish uchun quyidagi hajmda maosh to‘lanadi (soliqlardan tashqari):

tibbiyot xodimlari, laboratoriya yordamchilari - 25 million so‘m;

o‘rta tibbiyot xodimlariga, hamshiralar, laboratoriya xodimlariga - 15 million so‘m;

kichik tibbiyot xodimlari - 10 million so‘m;

boshqa xodimlarga (ularning ro‘yxati Inqirozga qarshi komissiya tomonidan tasdiqlanadi) - 5 million so‘m”.

Mavzuga oid