Umuman, davlatchilik tarixida bu qadar katta aksilinqiroz rejasi bo‘lmagan. Xo‘sh, bu aql bovar qilmas darajadagi katta pul nima maqsadlarda sarflanadi?

Avvalo oddiy davlatlar bir necha o‘n yilda ham topolmaydigan bu pul AQSh uchun ham oz emasligi haqida. AQSh YaIM bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinda turadi. Mamlakat yalpi ichki mahsuloti 21,3 trillion dollardan ko‘proq. Ammo YaIM mamlakat xazinasiga bir yilda tushadigan pul degani emas. Bu butun davlatda ishlab chiqarilgan mahsulot va xizmatlar qiymati. Shu bois qisqa muddatda 2,2 trillion dollar pulni biror reja uchun ajratish hatto AQSh uchun ham oson emas.

Pullar qayerga ishlatiladi?

Bunchalik katta pul qanday maqsadlarda ishlatilishi haqida Tramp qonunni imzolash vaqtida aytib o‘tdi:

  • 500 milliard dollar korporativ aksiyalarni sotib olishga cheklov qo‘yilgan holda katta zarar ko‘rgan korxonalarga ajratiladi. Biz ularga aksiyalarni sotib olishni taqiqlaymiz, buni nazorat qilamiz. Shuningdek, bu pullardan kompensatsiya to‘lashga yo‘l qo‘yilmaydi.
  • 300 milliard dollar yillik daromadi 99 ming dollardan kam bo‘lgan fuqarolarga yordam berish uchun ajratiladi. To‘rt kishidan iborat bitta oila 3 400 dollar oladi (99 ming dollardan kam yillik daromadga ega bir fuqaro 1 200 dollar, har bir yosh bola esa 500 dollar yordam puli oladi - tarj).
  • 350 milliard dollar kichik biznes sub'yektlariga ular ishchilarining maoshini to‘lab berishi uchun ajratiladi.
  • 250 milliard dollar ishsizlarni qo‘llashga sarflanadi. Ishini yo‘qotgan fuqarolar 4 oy davomida uzluksiz o‘z maoshini 100 foiz miqdorda olishda davom etadi.
  • 100 milliard dollar bizning qahramon shifokorlarimiz, hamshiralarimiz, kasalxonalar uchun ishlatiladi. Nimalar bo‘layotganini ko‘rib turibsiz. Shu o‘rinda ikki kunda butun boshli 4ta kasalxonani qurib biritgan armiya askarlariga rahmat deyman.
  • 45 milliard dollar shtat miqiyosidagi, mahalliy rahbarlarni qo‘llab-quvvatlash uchun tabiiy ofatlarga qarshi kurash fondidan ajratiladi.
  • 27 milliard dollar vaksina va boshqa kasallikka qarshi kurash vositalari uchun ajratiladi. Jumladan, 16 milliard dollar favqulodda holatlar uchun milliy zaxirani to‘ldirishga sarflanadi. Endi menga ruxsat berasiz, men matbuot anjumaniga borishim kerak. Bizda zaxira juda ko‘p, bu haqda keyinroq bafurja gaplashamiz, deb so‘zini yakunladi Tramp xarajatlar haqida qisqacha ma'lumot berar ekan.

«Xitoy rahbari bilan gaplashdim»