Keça Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati Paxtaçi tumanida yaşovçi fuqaro A.Şomurodov paxtaçilik bir fuqaroning «koronavirusga çalinib vafot etgani» töğrisida yolğon ma'lumot tarqatganligi uçun Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 205-moddasi bilan 30 sutka ma'muriy qamoq jazosiga tortilganligi haqida xabar bergan edi.
Mazkur xabar televideniye va internet-saytlarda, jumladan Kun.uz saytida ham e'lon qilingan edi.
Ma'lum bölişiça, fuqaroning qilmişi Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 205-moddasi, ya'ni favqulodda holat e'lon qilingan joylarda miş-mişlar tarqatiş va huquq-tartibotni buzişga undovçi yoki milliy adovatni avj oldiruvçi boşqa harakatlar, fuqarolar va mansabdor şaxslarning öz qonuniy huquqlari va burçlarini amalga oşirişlariga faol tösqinlik qiliş, xuddi şuningdek içki işlar organlari xodimining, harbiy xizmatçi yoki jamoat tartibini saqlaş vazifasini bajarayotgan boşqa şaxslarning qonuniy farmoyişi yoki talabiga qasddan böysunmaslik yoxud jamoat tartibini va fuqarolar osoyiştaligini buzadigan boşqa şunga öxşaş harakatlar yoki ma'muriy nazorat qoidalarini buziş bilan notöğri malakalangan.
Çunki, Özbekiston Respublikasida yoxud uning muayyan bir hududida hozirça favqulodda holat joriy qilingan emas.
Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasi 19-bandiga köra, mamlakat prezidenti favqulodda vaziyatlar (real taşqi xavf, ommaviy tartibsizliklar, yirik halokat, tabiiy ofat, epidemiyalar) yuz bergan taqdirda fuqarolarning xavfsizligini ta'minlaşni közlab, respublikaning butun hududida yoki uning ayrim joylarida favqulodda holat joriy etadi va qabul qilgan qarorini uç kun içida Oliy Majlisining palatalari tasdiğiga kiritadi.
Konstitutsiyaning 78-moddasi 19-bandiga köra Özbekiston Respublikasi Prezidentining umumiy yoki qisman safarbarlik e'lon qiliş, favqulodda holat joriy etiş, uning amal qilişini uzaytiriş yoki tugatiş töğrisidagi farmonlarini tasdiqlaş Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi va Senatining birgalikdagi vakolati hisoblanadi.













