Eron taşqi işlar vaziri Javod Zarif AQŞni koronavirus pandemiyasi şaroitida sanksiyalar siyosatini davom ettirayotgani uçun tibbiy terrorizmda aybladi. Bu haqda «Kommersant'» yozmoqda. 

Uning fikriça, Qöşma Ştatlar Eronga nisbatan «tibbiy va iqtisodiy terrorizm»ni amalga oşirmoqda. U xususan, Vaşingtonning maqsadi mamlakatga öz samolyot parkidan foydalanişga yöl qöymaslik va koronavirusga qarşi kuraşişga xalaqit beriş ekanligini aytdi. 

Zarif bunday harakatlar insoniyatga qarşi jinoyat ekanligini bildirdi.

26 mart kuni Rossiya, Xitoy, Eron, Kuba, Suriya, Nikaragua, Venesuela va KXDR BMT boş kotibi Antoniu Guterrişni ayrim mamlakatlardan koronavirusga qarşi kuraşda xalal berayotgan sanksiyalarni olib taşlaşni talab qilişga çaqirgandi.