Hukumatlar oldidagi ikkinçi yöl iqtisodiyotni barqaror saqlaş hamda qurbonlar evaziga bölsa-da, infeksiyaga qarşi turiş edi. Niderlandiya tajribasida şu ayon böldiki, bir oy içida 10 mingdan ortiq şaxs virusni yuqtirib oldi va 771ta ölim holati qayd etildi. Buning sabablaridan biri hukumat virusga çalingan ilk bemor aniqlangandan keyingi qariyb bir oy davomida qat'iy kuraş çoralarini qöllaşga ikkilandi. Ammo hozirga kelib Niderlandiyada ham vaziyat özgardi. Qat'iy çoralarga qarşilar çekinişga majbur bölişdi.
Özbekiston şaroitida çeklov çoralari imkon qadar tezroq amaliyotga kiritilmoqda, şuningdek, virus tarqaliş xavfini kamaytiriş uçun iqtisodiy manfaatlar ikkinçi darajali masala sifatida qaralmoqda. Menimça, bu töğri.

Ammo kundan-kunga mutasaddi idoralar bemorlar sonini şunçaki raqamlar bilan ifoda etişi, ya'ni oşirilgan raqamni oçiqlaş bilan kifoyalanişi odamni öylantirib qöyadi. Masalan, 29 mart kuni tongda Özbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallaniş holatlari soni 29taga oşib, 133tani taşkil etgani haqida xabar berildi. Kun davomida bemorlarning 7 nafari tuzalgani ma'lum qilindi. Kun oxirida esa yana 11 kişi virus yuqtirib olgani tasdiqlandi va zararlaniş holatlarining jami soni 144tani taşkil etdi.

Avvalo, statistika röy-rost ommaga e'lon qilinişi yaxşi, bu vaziyat hukumat nazoratida ekanligiga işora qiladi. Ammo karantindan maqsad nima edi? Uyda qoling, jamoat joyida bemaqsad yurmang, deyişdan-çi? Albatta, infeksiyaga çalinmaslik va virus tarqaliş xavfini kamaytirişdan iborat.
Qotilga aylanmang. Karantinga ketsangiz kartoşkalaringiz ham kerak bölmaydi
Şunday ekan, hukumat kasallangan bemorlar haqida ma'lum darajadagi ma'lumotlarni e'lon qilib borişi maqsadga muvofiq böladi. Bunda ularning sönggi yaşaş joylari, sönggi kunlardagi harakatlaniş yöli va ular bölgan jamoat joylari haqida ma'lumot berilişi kerak. Öz örnida aholi bundan töğri xulosa qilib, ogohlikni oşirişi, uyini bemaqsad tark etmasligi kerak.
Şaxsning huquq va erkinliklari yuzasidan uning ism-şarifi, haqiqiy ma'lumotlari oşkor etilmagan taqdirda ham, infeksiyani yuqtirib oliş zanjiri yaratilişi kerak. Bu ma'lumotlar bilan jamoatçilikda ommaga qöşilmaslik haqida haqiqiy tuşunça paydo böladi. Bundan taşqari, zanjir bilan infeksiyaning «issiq izi»dan yetib boriş imkoniyati oşadi.














