O‘zbekiston | 13:04 / 31.03.2020
21770
2 daqiqa o‘qiladi

OneID olmay turib transport stikeriga ariza berish imkoni yaratildi

Karantin davrida avtotransport vositalarida harakatlanish uchun maxsus ruxsatnoma (stiker) olishga ariza yuborishda id.gov.uz orqali avtorizatsiyadan o‘tish talab etilmaydi.

Buning uchun yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining ushbu sahifasiga o‘tib, so‘ralgan ma'lumotlarni yuborish kifoya:

Eslatib o‘tamiz, stiker quyidagi toifa avtotransportlar uchun beriladi:

  1. Oziq-ovqat mahsulotlari va tibbiyot buyumlarini ishlab chiqaruvchi va realizatsiya qiluvchi tadbirkorlar va u yerda ishlaydigan xodimlarning avtotransport vositalariga. Bunda dorixonalar uchun faqat har bir dorixonaga bir dona avtotransportga ruxsat beriladi.
  2. Umumiy ovqatlanish korxonalarining yetkazib berish xizmatini (kurer va «dostavka») ko‘rsatayotgan avtotransport vositalari, shuningdek, mazkur korxonalarda doimiy ishlovchi xodimlarning shaxsiy avtotransportiga.
  3. Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq va Zangiota tumanlarida, Toshkent shahrining Olmazor, Chilonzor va Yashnobod tumanlarida barpo etilayotgan shifoxona va xiyobonlar qurilishiga jalb etilgan yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga tegishli M1 toifadagi avtotransport vositalariga.

Shuningdek, ishlab chiqarish va texnologik jarayoni to‘xtatilishi mumkin bo‘lmagan korxonalar, gigiyenik niqob ishlab chiqaruvchi tashkilotlar, dehqon bozorlarining xodimlariga tegishli vazirlik va idoralarning Adliya vazirligiga kiritadigan murojaatiga asosan alohida ruxsatnomalar rasmiylashtirib beriladi.

 

Mavzuga oid