Vazir örinbosarining ma'lum qilişiça, mehnat ta'tiliga çiqqan pedagog xodimlarga ta'til davomida topşiriq bermaslik haqida barça hududiy xalq ta'limi boşqarmalariga körsatma berilgan.

«19 martdagi Prezident farmoni va 23 martdagi Vazirlar Mahkamasi qaroriga asosan, barça pedagog xodimlarga karantin davrida lavozimidan qat'i nazar mehnat ta'tili berilgan.

Ularga ta'til davomida qöşimça vazifa yuklatiş böyiça topşiriq mavjud emas», dedi Dilşod Kenjayev 30 mart kuni bölib ötgan brifingda.

Unga köra, ta'lim muassasalarining asosiy iş faoliyatiga ta'sir etmagan holda, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xodimlarning mehnat faoliyatini maksimal darajada masofaviy tarzda taşkil etiş çoralari körilgan.

«Xalq ta'limi vazirligi masofadan işlaş uçun faqat uyida imkoniyati bor xodimlarnigina jalb qiliş böyiça hududiy boşqarmalarga körsatmalar bergan. Pedagoglarga elektron dars işlanmasini yuritiş kabi qöşimça topşiriqlar berilgan emas.

Ota-onalarning sörovlaridan kelib çiqqan holda masofadan turib işni davom ettirayotgan pedagoglar öz öquvçilariga onlayn darslarni özlaştiriş va mavzuni mustahkamlaşda amaliy yordam körsatişlarini sörab qolamiz», dedi Kenjayev.

Brifing davomida vazir örinbosari Xalq ta'limi vazirligi nomidan umumta'lim muassasalari rahbarlariga rasman murojaat qildi.

«Barça umumta'lim muassasalari rahbarlaridan rasman mehnat ta'tiliga çiqqan xodimlarni bezovta qilmasliklarini, masofadan öz faoliyatini olib borayotgan xodimlarga ortiqça vazifa yuklamasliklarini sörab qolamiz», deya ta'kidladi u.