«Respublikamizdagi barça pedagoglar joriy yilning 18 martidan boşlab haq tölanadigan mehnat ta'tiliga çiqarildi. Uşbu mehnat ta'tili öqituvçilarning yozgi davrda beriladigan mehnat ta'tilining bir qismi bölib, amaldagi mehnat qonunçiligiga muvofiq rasmiylaştiriladi.

Ya'ni öqituvçilar hozirda olgan ta'til davrining foydalanilmagan qismini yozda davom ettiradi. Boşqaça aytganda, yozgi ta'til davri mos ravişda qisqaradi. 2019/2020 öquv yili uçun rejalaştirilgan ta'til (2020 yilning 21 martdan – 27 martgaça) davrida közda tutilgan pedagogik yuklamalar pedagoglar tomonidan örnatilgan tartibda oylik iş haqlari saqlab qolingan holda masofadan turib bajarilişi belgilandi.

Şuni alohida ta'kidlab ötişimiz kerak, darslar boşlangandan keyin öqituvçilarning ta'tili ham tugaydi. Bu böyiça qöşimça axborot beriladi», dedi u AOKA qoşida koronavirusga qarşi taşkil etilgan ştabda ötkazilgan brifing çoğida.

Vazirlik rasmiysi öquv yili qaçon yakunlanişi töğrisidagi savolga ham javob qaytargan.

«Amaldagi tartibga köra, öquv yili 25 mayda yakunlanadi. 26 maydan 15 iyunga qadar 9-11-sinflarda bitiruv imtihonlari ötkaziladi. Respublika Maxsus komissiyasi qarori bilan 16 martdan boşlab ta'lim muassasalari öquvçilari uçun ta'til e'lon qilingan.

Albatta, ta'tilning davomiyligi tibbiy profilaktika (karantin) jarayonlarining davom etişiga boğliq. Respublika Maxsus komissiyasi qaroriga asosan, ta'tilning davomiyligiga qarab öquv jarayonlarini davom etişi yoki etmasligi haqida öquvçilar va ota-onalar xabardor qilinadi», deya uning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Anvar Umarov öqituvçilarning attestatsiyasi onlayn tarzda ötkazilmasligini ma'lum qildi. 

«Respublika Maxsus komissiyasining 2020 yil 15 martda ötkazilgan yiğiliş bayoni hamda 23 mart kuni Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan «Koronavirus infeksiyasi tarqalişiga qarşi qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi qaroriga muvofiq, odamlar töplanişi mumkin bölgan barça tadbirlar töxtatilgan, jumladan pedagog kadrlar attestatsiyasi jarayonlari ham qoldirilgan.

Attestatsiya jarayonlari onlayn şaklda ötkazilmaydi. Pedagog kadrlar uçun malaka sinovlari qaçon ötkazilişi haqida Ta'lim sifatini nazorat qiliş inspeksiyasi bilan kelişilgan holda qöşimça xabar beriladi», dedi Anvar Umarov.