Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gretsiyalik olimlar ob-havoning koronavirus tarqalishiga ta'siri borligini aniqlashdi
Koronavirus issiq mamlakatlarda sekinroq tarqaladi, deyishmoqda tadqiqotchilar
Foto: REUTERS / Alexandros Avramidis
Gretsiyalik olimlar guruhi koronavirus havo harorati past bo‘lgan mamlakatlarda tezroq tarqaladi degan xulosaga keldi. Bu haqda mahalliy "Katimerini" gazetasi yozmoqda.
"Biz harorat kasallik tarqalishiga yaqqol ta'sir ko‘rsatishini aniqladik", - dedi tadqiqot qatnashchisi, pulmonolog, professor Konstantinos Gurgulianis.
Tadqiqot natijalariga ko‘ra, havo harorati 0dan 18 darajagacha bo‘lgan mamlakatlarda kasallikka chalinishning yangi holatlari qayd etilishi ko‘rsatkichi ulardan iliqroq iqlimli mamlakatlarga nisbatan yuqoridir.
Shu bilan birga, tadqiqotchilar "kasallik yuqtirishning yakuniy ko‘rsatkichi virus tarqalishiga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar hamda kasallik yuqtirish holatlarini qayd etish uslublari"ga bog‘liq ekanligini qayd etishdi.
Tadqiqotlarda Fessaliya universiteti qoshidagi pulmonologiya klinikasi mutaxassislari ishtirok etdi.
Mavzuga oid
12:24 / 16.01.2026
Gretsiya dron hujumlaridan so‘ng Qora dengizdagi xatarlar haqida ogohlantirdi
14:44 / 05.01.2026
Gretsiya aloqa tizimi nosozligidan keyin aviaqatnovlarni qayta tikladi
12:51 / 22.11.2025
O‘zbekiston elchisi Gretsiya prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi
14:21 / 17.11.2025