Koronavirus haqida o‘zbekistonliklar eng ko‘p so‘rayotgan savollar ma'lum qilindi
15 martdan 1 aprelgacha Call-markazga 500 mingtadan ko‘proq qo‘ng‘iroq bo‘lgan.

Sog‘liqni saqlash vazirligi 15 mart kuni 1003 yagona qisqa raqamli Call-markazni ishga tushirgan edi. Bu orqali fuqarolar koronavirus bilan bog‘liq barcha savollarga malakali mutaxassislardan tibbiy asoslangan javob va tavsiyalar olishmoqda.
Vazirlik xabariga ko‘ra, Call-markaz tun-u kun faoliyat ko‘rsatmoqda. Unda 200 nafardan ortiq professor o‘qituvchilar, shifokorlar uch smenada uzluksiz fuqarolarning murojaatlariga javob berishmoqda.
15 mart kuni soat 21:00da ish boshlagan Call-markazga bugun, 1 aprel soat 12:00gacha 510 mingdan oshiq qo‘ng‘iroq kelib tushgan.
«Eng ko‘p berilayotgan savollarga e'tibor beradigan bo‘lsak, birinchi kunlari aholi koronavirus infeksiyasi, uning yuqish yo‘llari va belgilari, profilaktika qoidalarini bilish uchun murojaat qilishgandi.
Hozirgi kunga kelib, fuqarolar karantin qoidalari, kimlar ko‘chaga chiqishi mumkin emasligi, kimlarga esa bunga ruxsat berilgani, COVID-19ga qayerda tahlil topshirish mumkinligi, karantindagi fuqarolarning qaysi muassasalarda ekanligi, ularning ahvoli kabi qator savollar berilmoqda.
Shu bilan birgalikda, kasallik belgilari qandayligi haqidagi savollar haligacha dolzarbligini yo‘qotmayapti», – deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, koronavirusga oid eng ko‘p berilayotgan savollarga Kun.uz saytining quyidagi alohida sahifasi orqali ham javob olish mumkin.
Tavsiya etamiz
Boysunning kelajagi nima bo‘ladi? FVV mas’uli izoh bera olmadi
O‘zbekiston | 21:32 / 19.05.2025
Yerosti suvlaridan foydalanuvchilar hisoblagich o‘rnatmasa, 5 barobar soliq to‘laydi. Bu qanday ishlaydi?
O‘zbekiston | 21:05 / 19.05.2025
“Sirtqi ta’lim yopilsa, hech narsa yo‘qotmaymiz” – mutaxassislar bilan suhbat
O‘zbekiston | 15:26 / 19.05.2025
Rossiyaga kirishda QR-kod talab qilinadi
Jahon | 13:33 / 19.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
3 yoshli jiyanini 3 ta tilda gapirtirgan yigit: miya sirlarini o‘rganayotgan Jamshidbek hikoyasi
Jamiyat | 17:17
-
“Shohrux Abdunazarovni majburiy keltirish tadbirlari amalga oshirilmoqda” – Jizzax IIB yuk mashinalari bilan bog‘liq firibgarlik haqida
Jamiyat | 17:03
-
ANORBANK Jazoirda XSRIK bilan 10 million dollarlik moliyalashtirish bitimini tuzdi
Jamiyat | 17:00
-
O‘zbekiston prezidenti ilk bor Sloveniyaga tashrif buyurdi
O‘zbekiston | 16:57
Mavzuga oid

23:21 / 15.05.2025
Osiyoda COVID-19 bilan kasallanish holatlari keskin oshdi

00:12 / 05.05.2025
Ispaniyada farzandlarini to‘rt yil uydan chiqarmagan ota-ona hibsga olindi

15:43 / 20.01.2025
Shifoxonada 2 oylik chaqaloq qo‘li kesildi. Voqeaga SSV munosabat bildirdi

20:16 / 22.10.2024