Ledokol Group reklama agentligi rahbari pandemiya davrida mediamahsulotlar va internet iste'moli keskin oşgani haqida fikrlarini e'lon qildi.
15 martda Özbekistonda COVID-19 koronavirusiga çalinişning dastlabki holati qayd etildi.

Foto: Ledokol Group
Ayni şu onlardan boşlab mamlakatda internetdan foydalaniş keskin oşgani kuzatilmoqda. Bu tabiiy jarayon – odamlar karantin tufayli uyda qolişga majbur, yoşi kattalar masofadan turib işlaşmoqda, bolalar esa onlayn darslar ötişmoqda. Ammo eng muhimi, tezkor axborot olişga bölgan talab keskin oşdi va buning uçun eng qulay vosita sifatida internet mos keladi. Aynan internet taşqi olam bilan tezkor boğlaniş böyiça yetakçiga aylandi.
Özbekistondagi mahalliy yirik reklama agentligi bölgan Ledokol Group tomonidan yangiliklar yetkaziş böyiça yetakçi saytlar auditoriyasi tahlil qilib çiqildi, şuningdek ularning ijtimoiy tarmoqlarda joylaştirilgan materiallar, onlayn-videolavhalarning tomoşa qilinişi böyiça sönggi ikki haftadagi raqamlarga baho berildi.
Eng ommabop yangiliklar agentliklarining (Kun.uz, Daryo.uz va Repost.uz) kunlik örtaça auditoriyasi bir yarim barobar oşgan (+150 foiz), şu bilan birga faol sessiyalar miqdori ikki barobarga köpaygan (+200 foiz).
Ularning telegram-kanallaridagi obunaçilari soni örtaça 35 foizga oşgan va obunaçilar qöşilişda davom etmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlardagi (Facebook / Instagram) qamrov 25 foizga ösib, bu tarmoqlarda sarflangan vaqt 2020 yilning 14 martiga nisbatan 60 foizga köpaygan.
Onlayn-video (YouTube) köriş hajmi ham deyarli 2 barobar (+190 foiz) oşgan. Konteks-media tarmoqlar (Google Display Network) qamrovi va trafigi (klik va namoyişlar) taxminan bir yarim barobar ösgan.
















