2024 yilda umumiy bozor hajmi 165 million dollarga yetgani mamlakat iqtisodiyotidagi ösiş, iste’mol sektoridagi faollik va raqobat muhitidagi dinamika Özbekiston media bozorining yangi bosqiçga çiqqanidan darak beradi.
Sönggi tendensiyalar va toifalardagi faollik
2024 yilda içki bozorda bir neça muhim toifalar öz yetakçiligini namoyon qildi:
- Içimliklar toifasi — Pepsi va Coca-Cola bilan bir qatorda, mahalliy va mintaqaviy brendlar ham raqobatda öz örnini topmoqda.
- Farmatsevtika — TV orqali tez qamrov va işonç oşirişga qaratilgan strategiyalar bilan bozorga qaytdi.
- Xizmatlar toifasi — Uzum, Humans, TBC Bank kabi raqamli ekotizimli mahsulotlar ham digital, ham TV kanallarga katta sarmoya kiritmoqda.

TV hanuz yetakçi, raqamli media esa şiddat bilan ösmoqda
Bugungi kunga kelib, TV reklama hanuz eng keng qamrovli ommaviy axborot vositasi hisoblanadi. Mamlakat böylab 30 milliondan ortiq teletomoşabin bilan TV asosan FMCG va farmatsevtika toifalari uçun asosiy kanal bölib qolmoqda.
Ayni paytda raqamli media sektorida ham keskin ösiş kuzatilmoqda. Reklama budjetlari tobora dijitalga yönaltirilayotgani, xususan, banking, e-commerce va avtosanoat sohalaridagi reklama beruvçilar soni ortib borayotganini körsatmoqda. Yandex va Google reklama tarmoqlari yetakçi bölib, mahalliy ekotizimlarga moslaşişni faol davom ettirmoqda.

Digital: afzalliklar va çeklovlar
Tsifrovizatsiya jarayonining faollaşişi natijasida digital reklama uluşi ortib bormoqda. 20 milliondan ortiq faol onlayn auditoriya raqamli xizmatlardan foydalanmoqda. Şu bilan birga, YouTube monetizatsiyasi va bozor monitoringi kabi muammolar hali töliq hal etilmagan.
Telegramdagi reklamalar arzonlaşgani va Telegram Ads platformasining rivojlanişi bu yilgi eng qiziq trendlardan biriga aylandi.


















