Talabçan iste’molçi davridagi mediabozor

Bugungi kunda Özbekiston — bu jadal rivojlanib borayotgan bozor bölib, u iqtisodiyotning ösişi, aholi sonining tobora ortib borişi va foydalanuvçi tajribasining çuqur raqamlaştirilişi tufayli özgarmoqda. Auditoriyaning bilimdonligi kundan kunga ösmoqda, mahsulotlar tanlovi tobora kengayib, kontent murakkablaşmoqda. Bunday şaroitda reklama agentliklari tomonidan brendlarga taqdim etilayotgan ekspertiza va xizmat körsatiş darajasi hal qiluvçi ahamiyat kasb etadi.

Dilşod Muzaffarov, Ledokol Group rahbari:

“18 yoş — bu yetuklik yoşi. Biz bozor bilan birga ösib, uning şakllanişida iştirok etganimiz deya faxr bilan ayta olamiz. Bugun biz Özbekiston reklama sanoati naqadar yuqori raqobatbardoş va texnologik bölib borayotganini guvohi bölmoqdamiz. Endi marketologlar yangi formatlarni sinab körişdan qörqmayapti, ular dadillaşmoqda, biroq ayni vaqtda ölçasa böladigan samaradorlikni birinçi öringa qöyişyapti. Axborot şovqini şaroitida integrallaşgan yondaşuv muhimligini anglagan brendlargina yutadi, bunda har bir vositaga — televideniyedan tortib mahalliy promoaksiyalargaça — özining aniq örni ajratilgan böladi”.

Televideniye: şunçaki qamrovdan köproq

Dunyo böylab televizor köriş körsatkiçlari asta-sekin pasayib borayotganiga qaramay, Özbekistonda televideniye butun respublika miqyosida qamrovni tezkorlik bilan kengaytiriş hamda brendga nisbatan işonçni şakllantiriş böyiça asosiy media vositasi maqomini işonç bilan saqlab kelmoqda. “Kantar Uzbekistan” ma’lumotlariga köra, televideniyening oylik qamrovi mamlakat aholisining 87% ni taşkil etadi, televizorni esa har kuni 15 milliondan ortiq kişi tomoşa qiladi.

Dildora Yakubova, Ledokol Group TV-yönalişi rahbari:

“Sönggi yillardagi asosiy afsona — televizorni faqat kattalar auditoriyasi köradi, degan fikr. Telekanallar kontent ustida faol işlamoqda: yoşlarga möljallangan yangi franşizalar, yuqori reytingli seriallar efirga uzatilyapti. Televizorda an’anaviy ravişda kuçli bölgan toifalar (FMCG va farmatsevtika) örnini fintex, marketpleyslar, yetkazib beriş xizmatlari kabi raqamli mahsulotlar egallayotganiga guvoh bölyapmiz. Televizor ular uçun nafaqat brend tanilişini oşiriş, balki tranzaksiyalar sonini köpaytiriş vositasi hamdir, zero, bunday mahsulotlarning aksariyati allaqaçon mass-marketga aylanib ulgurgan”.