Ta'kidlanishicha, ijtimoiy tarmoqlarda Putin shundan keyin qayergadir g‘oyib bo‘lgani haqida gaplar yura boshlagan: 25-27 mart kunlari u haqida tayyorlangan syujyetlar ko‘proq oldindan yozib olinganga o‘xshagan.

Putinning shifoxonaga tashrifi vaqtida Protsenko bilan, shuningdek, Moskva meri Sergey Sobyanin, bosh vazir o‘rinbosari Tatyana Golikova, sog‘liqni saqlash vaziri Mixail Murashko va Rospotrebnadzor rahbari Anna Popova ham muloqot qilgan. Ularning barchasi shifokor bilan niqobsiz suhbatlashishgan va qo‘l siqishishgan. Sobyaninning matbuot kotibi Gulnara Penkova merning sog‘lig‘i joyidaligi, u tibbiy nazoratda ekanligi haqidagi qisqacha izoh bilan kifoyalanib qolgan.

Kommunarkadagi kasalxona bosh vrachida virus aniqlandi. U Putin bilan ko‘rishgandi

Bu orada Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskovning ma'lum qilishicha, o‘shanda prezident bilan Kommunarkada bo‘lganlarning barchasi har kuni koronavirusga test topshirmoqda. Ta'kidlanishicha, 1 aprelda Putin vazirlar bilan birinchi marta masofadan yig‘ilish o‘tkazishi rejalashtirilgan. Keyinroq Putin yana bitta yig‘ilish o‘tkazishi, biroq bu safar yig‘ilish yopiq tartibda o‘tishi belgilangan.

“Barcha uning masofadan ishlayotganini ko‘radi”, deb aytgan Peskov. Shu bilan birga u Putin o‘zini izolyatsiya qilish kerakligiga o‘rnak ko‘rsatishi haqidagi gaplarga qo‘shilmasligini aytgan. “Prezident odatda namoyishkorona choralar emas, amaliy choralar ko‘radi”, deb aytgan Peskov. Uning ta'kidlashicha, koronavirus xavfi sababli Rossiya prezidenti suhbatdoshlari bilan qo‘l berishib so‘rashmay qo‘ygan, chunki hozirda “hamma ijtimoiy masofalashuvga rioya qilishi” lozim.

Putin shifoxonani ziyorat qildi, dunyoda virusga chalinganlar soni 400 mingdan oshdi. So‘nggi ma'lumotlar

Peskovning ta'kidlashicha, Kremlda Protsenko Putin bilan uchrashuvdan oldin koronavirusga test topshirgani-yo‘qligini bilishmaydi. “Biz buni bilmaymiz. Men yana bir bor takrorlayman, u [Protsenko] yoniga prezident kelayotganini hattoki bilmagan”, deb javob qilgan Peskov “Vedomosti” nashri savoliga.