Tinkovning ma'lum qilişiça, u biznesdagi uluşini nazorati ostidagi kompaniyalardan oilaviy trastga ötkazgan. “Bu aksiyalarni har qanday vaziyatda, hatto mening ölimim holatida oilada saqlab qoliş imkonini beradi”, deb tuşuntirgan milliarder.
Tinkovning iste'fosi unga “bor e'tiborini soğliğiga qaratiş” imkonini beradi. Uning ta'kidlaşiça, soğliq hozir u uçun “ustuvor masala” hisoblanadi.
Mart boşida milliarder unda leykemiyaning (oqqon) ötkir şakli aniqlanganini ma'lum qilgandi. “Men bir neçta kimyoterapiya kurslaridan ötdim. Hayotimda özim va işim uçun kuraşişga töğri kelgan, biroq hozir men eng asosiysi - hayotim uçun kuraşaman”, deb ta'kidlab ötgan Tinkov.
“Tinkoff Bank” tijorat banki bölib, uning faoliyati töliq masofadan xizmat körsatişga ixtisoslaşgan.
Tinkov “Tinkoff Bank”ga egalik qiluvçi TCSGroup kompaniyasi kapitalida 40,4 foiz uluşga ega bölgan. Uning ovoz berişdagi uluşi 88,6 foizni taşkil qilgan.
Tinkov Forbes talqiniga köra, rossiyalik milliarderlar orasida 2,2 mlrd dollarlik boylik bilan 47-örinni egallab kelmoqda.

















