Butun başariyat sinovli va oğir kunlarni boşidan keçirmoqda. Koronavirusga qarşi kuraşiş yölida xalqimiz birlaşib, birdam va hamjihat böldi. Saxovatpeşa insonlarning sa'y-harakatlari bilan karantin vaqtida qiyin ahvolda qolgan insonlarga mehr-muruvvat körsatilmoqda.


«Ipak yöli» turizm xalqaro universiteti ham bu savobli işlardan çetda qolmadi. Universitet birinçi prorektori Törayev Bahodir taşabbusi bilan oliygoh jamoasi hamda Samarkand viloyati Volontyorlar uyuşmasi vakili Marina Ignatova bilan birgalikda xayriya-ehson tadbiri ötkazildi.
Universitet faollari tomonidan yolğiz nogiron qariyalar, muhtoj kişilar, nogiron, kasalmand farzandi bor oilalarga göşt, yoğ va qişloq xöjaligi mahsulotlari tarqatildi. Bundan taşqari, bolalar tserebral falaji taşxisi qöyilgan farzandi bor oilalarga kerakli dori-darmonlar yetkazib berildi.



Butun dunyoni alğov-dalğov qilgan, insoniyatni ğam-qayğuga solib, tinç-osoyişta hayotini izdan çiqargan qörqinçli balo boşqa tomondan odamlarga hayotni, tinçlikni, bir-birini qadrlaş imkonini berdi. Oğir damlarda insonlarning bir-biriga yordam qölini çözişi ham farz, ham qarzdir.
«Ipak yöli» turizm xalqaro universiteti ma'muriyati

















