3 aprel kuni Özbekiston Respublikasi Prezidentining «Koronavirus pandemiyasi davrida aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlik sub’yektlarini qöllab-quvvatlaşga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi farmoni imzolandi.

Uşbu farmonga köra:

Birinçidan, turistik va mehmonxona faoliyati bilan şuğullanuvçi tadbirkorlar şu yil yakuniga qadar yer va mol-mulk soliqlarini tölaşdan ozod etiladi. Ularga ijtimoiy soliq stavkasi hozirgi 12 foizdan 1 foizga tuşiriladi. Uşbu imtiyozdan sohada xizmat körsatayotgan mingdan ortiq sub’yektlar foydalaniş imkoniyatiga ega böladi.

Ikkinçidan, karantin davrida öz faoliyatini töxtatişga majbur bölgan yakka tartibdagi tadbirkorlarga daromad soliği va ijtimoiy soliqni hisoblaş töxtatiladi. Uşbu imtiyoz qariyb 150 ming yakka tartibdagi tadbirkorga katta kömak böladi.

Uçinçidan, tuşumi ötgan oydagiga nisbatan 50 foizga kamaygan kiçik biznes sub’yektlariga aylanmadan olinadigan soliq, yer soliği, mulk soliği, ijtimoiy soliq va suv soliğini tölaş muddati şu yil 1 oktyabrga qadar keçiktiriladi. Tadbirkorlar bu imtiyozlardan soliq idorasini uydan turib xabardor qilişi mumkin.

Törtinçidan, joriy yil 1 apreldan boşlab yuridik şaxslarning tabiiy gaz va elektr energiyasi uçun oldindan tölov majburiyati amaldagi 100 foizdan 30 foizga tuşiriladi.

Beşinçidan, Tadbirkorlik faoliyatini qöllab-quvvatlaş jamğarmasi tomonidan yordam beriş kölami yanada kengaytiriladi.

Hozirgi kunda tadbirkor olgan kredit stavkasi 24 foizgaça bölganda uning 8 foizini jamğarma qoplab berar edi. Endi kredit stavkasi 28 foizgaça bölganda ham uning 12 foizini davlat qoplaydi.  

Buning uçun tadbirkorlarning 3 trillion sömlik kreditlari foizini qoplaşga jamğarmadan qöşimça 400 milliard söm yönaltiriladi. Jamğarma bir tadbirkorning faqatgina bitta loyihasiga kafillik berişi böyiça çeklov ham endi bekor qilinadi.

Intizomli va işonçli tadbirkorlarga kreditning 75 foiziga jamğarma kafillik beradi (bugungi kunda 50 foiz). Kafillik summasining yuqori çegarasi ham 8 milliard sömdan 10 milliard sömga oşiriladi.

Oltinçidan, qiyin ahvoldagi korxonalar, yakka tartibdagi tadbirkorlar va aholining 12 trillion sömlik kredit majburiyati muddati uzaytiriladi.