Bugun Özbekistonda Davlat xavfsizlik xizmati kuni nişonlanmoqda. Şu munosabat bilan tuzilma matbuot xizmati tomonidan Kun.uz’ga taqdim etilgan ma'lumotda keltirilişiça, Özbekiston Davlat xavfsizlik xizmati idoralari tomonidan 2018 va 2019 yillarda xorijiy maxsus xizmatlar bilan hamkorlikda töqqizta terrorçilik harakatining oldi olingan.

«Tarixdan ma'lumki, har bir davlatning xavfsizligini ta'minlaşda maxsus xizmatlarning örni va roli hamişa beqiyos bölgan.

Xususan, davlat sarhadlarini qöriqlaşdan tortib, mamlakatdagi tinçlik va barqarorlik, jamiyat osoyiştaligini ta'minlaş yoki har bir fuqaroning huquq va erkinliklarini himoya qiliş har zamon va har makonda maxsus xizmatlarning ustuvor vazifasi hisoblangan.

Bugun dunyoda keçayotgan murakkab va tahlikali vaziyatda Özbekiston Respublikasini içki va taşqi tahdidlardan himoya qilişda, xalqaro munosabatlarda davlat milliy manfaatlarini qöllab-quvvatlaşda Davlat xavfsizlik xizmatining munosib hissasi bor.

Xususan, 2018 va 2019 yillarda DXX idoralari tomonidan xorijiy maxsus xizmatlar bilan hamkorlikda 9ta terrorçilik harakatining oldi olindi. Ulardan 2tasi Özbekistonda, 7tasi hamdöstlik mamlakatlarida amalga oşirilişi rejalaştirilgan edi. Şuningdek, 625 kilogrammdan ortiq giyohvand moddalar musodara qilindi. 500dan ortiq korrupsiya bilan boğliq holatlarga çek qöyildi. Davlatimiz sarhadlaridan noqonuniy olib ötilgan qariyb 97,7 mlrd sömlik tovar-moddiy boyliklar musodara qilindi.

Özbekiston Respublikasi Prezidentining topşiriğiga köra amalga oşirilgan «Mehr 1» va «Mehr 2» gumanitar operatsiyalari doirasida Yaqin Şarq davlatlarida oğir şaroitda qolayotgan 220 nafar ayollar va bolalarni mamlakatimizga olib kelişda DXX xodimlari ham faol iştirok etdilar.

Şuningdek, yot ğoyalar ta'sirida Afğonistonda qiyin holatga tuşib qolgan önlab vatandoşlarimiz ham öz yaqinlari bağriga qaytarildi.

Işonç bilan aytamizki, Davlat xavfsizlik xizmati xodimlarining oliy maqsadi jonajon Özbekistonimizning gullab-yaşnaşi va xalqimizning tinç-totuv, farovon hayot keçirişini ta'minlaşdir», deyiladi DXX matbuot xizmati xabarida.