Qoraqalpoğiston Soğliqni saqlaş vazirligi xabariga köra, Nukus şahrida yaşayotgan bir erkak kişi va uning onasida virus tasdiqlangan.

Ma'lum bölişiça, erkak iş yuzasidan 14 mart kuni Toşkent şahrida bölgan. Virusga gumonlangaç, Respublika yuqumli kasalliklar şifoxonasiga yotqizilgan.

«Ulardan tegişli tahlillar olinib, Respublika sanitariya epidemiologik osoyiştalik markazining virusologiya laboratoriyasiga va Toşkent şahridagi Virusologiya ilmiy-amaliy tekşiriş institutiga yuborilgan. 2020 yil 5 aprel sanasida tunda tahlil natijalari uşbu ikki fuqaroda koronavirus borligini tasdiqladi.

Uşbu ikki fuqaro virusga gumon qilinişidan, darhol ular bilan muloqotda bölgan kişilar epidemiologik tekşiruvga olinib, ular ham karantinga olindi», – deyiladi vazirlik xabarida.

Hozirda uşbu ikki fuqaro Nukusdagi Respublika yuqumli kasalliklar şifoxonasida davolanmoqda. Ularning ahvoli örtaça darajada.

Eslatib ötamiz, avvalroq 18 mart kuni Törtköl tumanidagi töyda qatnaşgan qozoğistonlik ayolda koronavirus aniqlangani xabar qilingaç, u bilan bilan körişgan fuqarolar karantinga olingan edi. Keyinroq ma'lum bölişiça, karantinga olingan bu fuqarolarning tahlillari manfiy natija bergan.

«Agar G. ismli Qozoğiston fuqarosida koronavirus infeksiyasi laborator usulda aniqlanganida, Qozoğiston Respublikasining tegişli taşkilotlari tomonidan Özbekistonga rasmiy ma'lumot kelib tuşişi kerak edi. Bunday rasmiy ma'lumot esa haligaça berilmadi – bu OAVda tarqalgan ma'lumotlarning yolğon ekanini körsatadi.

Şuningdek, norasmiy ma'lumotlarga köra, G. ismli ayol alohida boksda emas, balki boşqa yonidagi kişilar bilan oddiy karantin nazoratida ekan», deb ma'lum qilgan Qoraqalpoğiston SSV.