Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Karantinda «eplab ko‘chada yurgan» Instagram «yulduzchalari» 15 sutkaga qamaldi
So‘nggi kunlarda internet tarmog‘ida karantin talablarini buzayotganlarini namoyish qilishgan hamda ijtimoiy tarmoqlarda keng yoyilgan videolavhalar mualliflari Toshkent shahar ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan aniqlanib, ushlandi.
Yunusobod tuman ma'muriy ishlar bo‘yicha sudi Instagram «qahramonlari»ga nisbatan yuritilgan ma'muriy ish bayonnomalari va dalillarni o‘rganib chiqib, ularni karantin qoidalarini buzgan hamda mayda bezorilik sodir etgan, deb topdi. Endilikda, salkam 700 ming obunachiga ega bo‘lgan «qahramonlar» 15 sutkani panjara ortida o‘tkazadigan bo‘lishdi.
Videotasvirlarni olib internet ijtimoiy tarmog‘iga tarqatgan shaxslarni aniqlashga qaratilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida ushbu video tasvirlardagi shaxslar – 1998 yil tug‘ilgan Majidova K., 1990 yil tug‘ilgan, muqaddam JIB Kattaqo‘rg‘on shahar sudi tomonidan O‘zR JKning 166-moddasi 2-qismi, 127-moddasi 2-qismi bilan sudlangan Roziqov O., 1993 yil tug‘ilgan Hamidov U. ekanliklari aniqlangan.
Ular tomonidan internet tarmog‘iga joylangan videolarda Amir Temur xiyobonida yurganliklari, karantin qachon tugashini Amir Temur haykalidan so‘rashgani, bu vaqt mobaynida niqobsiz bo‘lganliklari aks etgan.
Yunusobod tuman ma'muriy ishlar bo‘yicha sudi sud'yasi Sanjar Qo‘chqorov mazkur ishni ko‘rib chiqib, yoshlarning qilmishini Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 183-moddasi, ya'ni «mayda bezorilik» deya tavsifladi hamda ularning har biriga 15 sutka ma'muriy qamoq jazosini tayinladi.
Mavzuga oid
12:11 / 06.07.2026
O‘zbekistonda birinchi Xalqaro islom forumi boshlanmoqda
18:20 / 04.07.2026
Toshkentning har bir tumanida 15-20 tadan jamoat hojatxonalari quriladi
17:57 / 04.07.2026
Toshkentda yangi tipdagi maktablar quriladi: sportzal va oshxona yerto‘lada bo‘ladi
17:37 / 04.07.2026