Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya Arabistonining qator shaharlarida 24 soatlik komendantlik rejimiga o‘tildi
6 apreldan boshlab, Saudiya Arabistonining beshta shahri va to‘rtta tumanida 24 soatlik komendantlik rejimi joriy etildi. Bu haqda davlatning rasmiy axborot agentligi xabar tarqatdi.
Ar-Riyoddagi Qirol Fahd ko‘chasi / Foto: AFP
Koronavirus tarqalishiga qarshi chora sifatida, poytaxt Ar-Riyod bilan birga Tabuk, Dammam, Dahran va Hofuf shaharlari; Jidda, Toif, Qatif va Hobar tumanlarida to‘la sutkalik komendantlik soati amal qila boshladi.
Ma'lum istisnolar bilan, ushbu hududlarga kirish va ulardan chiqish to‘xtatilgan.
Bunda fuqarolarga faqat o‘zi yashab turgan hududdagi oziq-ovqat do‘koni yoki dorixonaga eng zarur ehtiyojlar uchun soat 06:00dan 15:00ga qadar chiqishga ruxsat etiladi.
Podshohlikda koronavirusga chalinganlar soni 2600dan oshdi. 551 kishi sog‘aygan, 38 bemor vafot etgan.
Aprel oyi boshida bu kabi cheklovlar musulmonlar uchun muqaddas Makka va Madinada ham joriy qilingan edi.
Mavzuga oid
18:39 / 16.01.2026
Saudiya Arabistonida keksa erkak vafot etdi, oilasi uning 142 yoshda ekanini da’vo qilmoqda
20:57 / 15.01.2026
Arab davlatlari Trampni «Eronga imkoniyat berishga» ko‘ndirdi – OAV
18:27 / 13.01.2026
O‘zbekiston U23 guruhda birinchi o‘rin bilan Osiyo Kubogi pley-off bosqichiga chiqdi
18:36 / 12.01.2026