Mobil internet tezligi böyiça Özbekiston sönggi öntalikda qolmoqda: 141ta mamlakat içida 133-örin.
Fevral oyi bilan taqqoslaganda Özbekiston öz pozitsiyasini bir poğonaga yaxşilagan.
«Videodarslarni özlaştirişga internet tezligi yöl bermayapti» – talabadan maktub
Simli aloqa böyiça internet tezligi reytingida esa Özbekiston 7 poğona yuqorilab, 176 davlat orasida 95-örinni egalladi.
Özbekiston Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi bergan ma'lumotga köra, mamlakat bir yil içida 36 pozitsiyaga kötarilgan.
«Bu – mazkur davr böyiça eng yuqori ösiş böldi. Oxirgi yil natijalariga köra, Özbekistonda aniqlangan internet tezligi 2,3 barovar ösdi: 11,62 Mbit/c dan (2019 yil mart holatiga) 26,92 Mbit/c gaça (2020 yil mart holatiga)», – deyiladi vazirlik xabarida.
Ma'lumot uçun, Speedtest.net portali butun dunyodagi foydalanuvçilar tomonidan internet tezligini ölçaşda foydalaniladi. Portal foydalanuvçilar bergan ma'lumotlar asosida tahlil olib boradi va ma'lumotlarni doimiy ravişda reyting tarzida tayyorlab, e'lon qiladi.
Portalda har yili foydalanuvçilar tomonidan 10 milliondan ortiq testlar ötkaziladi.

















