Şuningdek, Pentagon matbuot xizmati rahbari Alissa Farax Oq uyning strategik kommunikatsiyalar böyiça direktori lavozimiga ötkazilgan.       

“Prezident Donald Tramp Keyli Makineni va Alissa Faraxning Oq uy ma'muriyatiga qöşilganini e'lon qildi. Makineni Oq uy matbuot kotibi, Farax esa strategik kommunikatsiyalar böyiça direktor böladi”, deyilgan Oq uy bayonotida. 

Makineni bungaça Trampning 2020 yilgi prezidentlik saylovlarida qayta saylanişi kampaniyasi matbuot kotibi bölgan. 

Oq uy 7 aprelda Trampning matbuot kotibi Stefani Grişem öz lavozimini tark etişi va yana birinçi xonim Melaniya Tramp ofisiga ötişini e'lon qilgan. Grişem Trampning rafiqasi apparati rahbari va matbuot kotibi majburiyatlarini bajaradi. Bunday özgarişlarning sababi ma'lum qilinmagan.  

Grişem Trampning matbuot kotibi sifatida 2019 yil iyundan faoliyat yuritib kelgan.