8 aprel kuni O‘zbekistonda koronavirus tarqalishiga qarshi kurashish bo‘yicha respublika maxsus komissiyasi avtomobildan foydalanishga ruxsat talab qilinmaydigan holatlarning yangi ro‘yxatini tasdiqladi. 

Quyidagilar Avtotransport vositalari harakatlanishiga maxsus ruxsatnomalar talab etilmaydigan holatlar ro‘yxatidan chiqarildi:

  • Prezident Administratsiyasi, Oliy Majlis palatalari, Vazirlar Mahkamasi, Milliy gvardiya, Davlat bojxona qo‘mitasi, Mudofaa vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, sud va prokuratura organlari shaxsiy avtotransport vositalari;
  • Vazirliklar, davlat qo‘mitalari, agentliklar va boshqa davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining tarkibidagi tashkilotlarning o‘rinbosarlarining xizmat avtotransport vositalari;
  • Yo‘l-patrul xizmati avtomobillari yordamida kuzatilayotgan avtotransport vositalari.

Yangi kiritildi:

  • Xususiy tibbiy-sanitariya va epidemiologik xizmatlar ko‘rsatuvchi tashkilotlarning xizmat avtotransport vositalari;
  • Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish dyepartamenti xizmat va xodimlarning shaxsiy avtotransport vositalari;
  • Qator qo‘mitalar, agentliklar, AJ, MChJ, DKlarga tegishli xizmat, yo‘lovchi tashuvchi (vaxta avtobuslari) va maxsus transport vositalari, tashkilotlar tomonidan tegishli ichki ishlar organlariga taqdim qilinadigan avtotransport vositalarning ro‘yxati va harakatlanish yo‘nalishi ko‘rsatilgan talabnoma asosida (ro‘yxatning 12-bandi);
  • Qishloq xo‘jaligi texnikalari.

O‘zgardi:

  • Tashkiliy-huquqiy shaklidan qat'i nazar, sog‘liqni saqlash tizimidagi tashkilotlar xizmat va xodimlarining shaxsiy avtotransport vositalari ro‘yxatdan chiqarilib, davlat sog‘liqni saqlash tizimidagi tibbiy-sanitariya va epidemiologik xizmatlar ko‘rsatuvchi tashkilotlarning xizmat va xodimlarining shaxsiy avtotransport vositalari qoldirildi;
  • Kommunal xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar — gaz, elektr energiyasi, issiqlik ta'minoti, sovuq suv, suv oqava va chiqindi tashishning xizmat avtomashinalari o‘rniga maxsus avtotransport vositalari;