Bu haqda Maui News nashri xabar berdi.

Orolda koronavirus pandemiyasi sharoitida sayyohlar yo‘qligi sababli avtomobillar ijarasiga talab keskin tushib ketgan. Avtomobillarni ijaraga beruvchi ko‘plab kompaniyalar o‘z avtomobillarini qo‘yish uchun joy izlashlariga to‘g‘ri kelgan.

Foto: The Maui News / MATTHEW THAYER

Shu tariqa, oroldagi qamish o‘suvchi dalada 18 mingta mashina paydo bo‘ldi. Ulardan ko‘pi mahalliy aeroport – Kaxuluida qo‘llangan.

Hozirda orol to‘liq izolyatsiya qilingan, bunday avtoturargohlar esa borgan sari kengayib bormoqda.

Ta'kidlanishicha, hozirda orolda ijaraga beriluvchi 20 ming avtomobildan 2,5 mingga yaqini ishlatilmoqda.