Tahririyatga Samarqand şahridagi «Istiqbol» mahallasi fuqarolari murojaat qilişdi. Ular uylarini suv bosgani, şahar hokimligidan yordam kutayotganlarini aytişdi. Suv odamlar uyining içigaça kirib borgan. Hatto bolalar yotgan beşiklar ham suvda qolgan...

Sobiq Oxunboboyev köçasi böyidagi bu mahalla pastlikda joylaşgani uçun yomğir yoğganda suv bosişi odatiy holga aylangan. Mahallaning ijtimoiy muammolari haqida 2019 yil 29 noyabr kuni Kun.uz’da «Istiqboli körinmayotgan istiqbolliklar» sarlavhali maqola e'lon qilingan va unda yomğir vaqti bu mahallani suv bosişi haqida ham söz borgan.

2012 yil ham xuddi şu kabi suv bosgan vaqt odamlarni köçiriş masalasi kötarilgan va kadastr idorasi xodimlari uylarni ölçab, ular buzilişi va örniga uy berilişi mumkinligi aytilgan. Ammo mutasaddilar keyinçalik jimib ketişgan.

Uyining içigaça suv bosgan odamlar karantin vaqtida kayerga borişini bilmayapti. Boz ustiga, qor yoğib ahvol oğirlaşdi. Mahalladagi uylarni suv bosgani haqidagi birinçi xabar saytda e'lon qilinganidan keyin, odamlarning aytişiça, Samarqand şahar hokimligidan vakillar borgan.

Hokimlik vakillari odamlarga ijara haqi 1 million sömgaça bölgan uy topişni va bu pulni şahar hokimligi tölab berişini aytişgan. Ammo odamlar karantinda uy topişga qiynalgan: «Suriştirdik, ijaraga uylar oyiga kamida 150-200 dollar. Sömga pul qabul qiladigan uy ham topilmadi», deyişmoqda ular.

Mahallaning ijtimoiy muammolari haqida oldingi çiqişimiz hokimlik tomonidan javobsiz qoldirilgandi. Bu gal esa ahvol jiddiy. Şundoq ham qiyin pallada bu qöşimça muammo... Xullas, «Istiqbol»liklarga yordam zarur.

Öz navbatida, Samarqand şahar hokimligi bu borada işçi guruh tuzilgani va odamlarning zarari qoplab berilişini ma'lum qildi.

Ta'kidlaş örinliki, Samarqandda faqat şu mahalladagi uylarni suv bosmaganini aytiş kerak. Şaharda pastlikda joylaşgan bir neçta köça bor va u yerda yaşaydiganlar doim yomğir yoğsa, yuragini hovuçlab turadi. Mahalliy hokimlik heç bölmasa karantin vaqtida bunday muammoga duç kelganlarga yordam berişi kerak, bizningça...