Janubiy Koreya prezidenti Mun Je In Microsoft asosçisi Bill Geyts bilan koronavirus infeksiyasiga qarşi vaksina işlab çiqiş masalasini muhokama qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmatiga asoslanib Yonhap News naşri xabar bermoqda.

Bill Geyts taşabbusi bilan amalga oşirilgan suhbat 25 daqiqa davom etgan. Microsoft asosçisi öz jamğarmasidan koronavirusga qarşi kuraş uçun 100 million dollar ajratdi. Bill Geytsning Janubiy Koreya prezidenti bilan suhbati ham aynan mana şu masalada bölgan.

Milliarder farmatsevtika borasida katta yutuqlarga erişgan koreyalik olimlarni koronavirusga qarşi vaksina işlab çiqiş jarayonida moliyaviy jihatdan qöllab-quvvatlaşini bildirgan.

Ma'lumot uçun, uzoq vaqt dunyoning eng boy odami bölib kelgan Bill Geyts ayni damda 98 milliard dollar kapital bilan röyxatda Amazon asosiçisi Jyeff Bezosdan (113 milliard) keyin ikkinçi örinda turibdi.

Şu vaqtgaça köplab mamlakatlar koronavirusga qarşi vaksina işlab çiqiş uçun harakat qildi, ammo hanuz Covid-19’ni davolaydigan yoki uning oldini oladigan vosita topilmadi. Şifokorlar asosan bemorlarning immunitetini mustahkamlab, kasallikni organizmning özi yengişiga umid qilişmoqda.