Xitoyda koronavirusga çalinganlarning bir qismida tayanç-harakatlanişda muammolar va nutq buzilişi kuzatilgan. Bu haqda JAMA Neuology naşrida çop etilgan tadqiqot natijalarida ma'lum qilindi.
Uhandagi 214 nafar bemor haqidagi ma'lumotlarni örgangan mutaxassislar bemorlarning 36 foizida va oğir bemorlarning 46 foizida nevrologik simptomlar bölganini aniqladi. Bular orasida miyada qon aylanişining buzilişi, ongning xiralaşuvi va muşaklarning zaiflaşişi kabi holatlar bor.
Bemorlar şuningdek, ilgariroq ma'lum bölgan harorat kötarilişi, yötal va boş oğrişidan şikoyat qilgan.
Avvalroq olimlar koronavirus yuqqanidan söng uning alomatlari neçançi kuni paydo bölişini hisoblab çiqişgandi.
Jahon soğliqni saqlaş taşkilotining ma'lumotiga köra, dunyo böyiça koronavirusga çalinganlar soni bir yarim million kişidan oşgan, 93 ming kişi vafot etgan.













