Syntropy marketing agentligi hammuassisi Dmitriy Semyonov koronavirus pandemiyasidan so‘ng jahon iqtisodiyotini nimalar kutayotgani to‘g‘risida fikr yuritdi.

Okean yaqinida yashaydiganlar zilzila halokatning bir qismi ekanligini bilishadi. Zilziladan so‘ng ular bor-budlarini yig‘ishtirishadi va sunami ostida qolib ketmaslik uchun sohildan uzoqroqqa ketishadi. 

Koronavirus — bu oylar, balki yillarga cho‘ziladigan zilzila. Bir hafta ichida kasallikka chalinganlar soni ikki millionga yetadi. Aksariyat mamlakatlarda pandemiya endi boshlanmoqda. Va u karrali tarzda o‘smoqda — har hafta kasallik yuqtirganlar va o‘lganlar soni ikki baravarga ko‘paymoqda.

Ammo darhol bizni cho‘ktirishi mumkin bo‘lgan sunamiga — iqtisodiy inqirozga tayyorgarlik ko‘rishimiz kerak. Masalan, AQShdagi S&P500 - 500ta yirik kompaniyaning birja indeksi 30 foizga tushib ketdi  — bunaqasi 2008 yildan beri bo‘lmagandi. Faqat farqi shundaki, o‘shanda bunga yarim yil ketgandi, hozir esa ikki oy kifoya qildi. 

Nimalar yuz berdi?

  • Mehmonxona-restoran biznesi (jahon YaIMning 9,2 foizi) va turizm (jahon YaIMning 10,5 foizi) sohasi deyarli butunlay to‘xtadi. Prognozlarga ko‘ra, 13 milliondan 25 milliongacha kishi ishidan ayriladi. Taqqoslash uchun — 2008 yilda 8,7 million ish o‘rni yo‘qotilgandi.
  • Aksariyat aviatashuvchilar may oxiriga qadar bankrot bo‘lishi ehtimoli katta.
  • Kundalik ehtiyoj uchun zarur bo‘lmagan mahsulotlarga talab pasaydi. Do‘konlar yopildi. Hattoki onlayn-savdolar ham vaziyatni qutqarib qololmaydi.
  • Ko‘ngilochar sanoat to‘xtadi. 
  • Logistika kompaniyalari yo‘qotishlarga uchradi. Bu o‘z navbatida neftni qayta ishlash sanoatining qulashiga olib kelmoqda. 

Nimalar kutmoqda?

Iqtisodiyot murakkab va o‘zaro bog‘liq tizim. Mos ravishda, endigi navbat yuqoridagi sanoatlar bilan bog‘liq sohalarga keladi. Xo‘sh, ular qaysilar? Taxmin quyidagicha:

1. Ko‘chmas mulk. To‘rtta sabab tufayli

Yangi uylar qurilishi to‘xtaydi — ularga investitsiyalar yetmaydi  + kompaniyalarning bu ishga kirishishlari kamayadi.