AQŞ ma'muriyati koronavirus tarqalişi sababli mamlakatda joriy etilgan sanitar çeklovlarni 1 maydan bekor qiliş imkoniyatini körib çiqmoqda. Bu ma'lumotni AQŞ moliya vaziri Stiven Mnuçin tasdiqladi.
U 1 mayda çeklovlar bekor qilinişi töğrisidagi savolga javob qaytararkan, bu imkoniyat prezident Donald Tramp tomonidan örganilayotganini aytdi.
Öz navbatida, Tramp "hammasi xavfsiz bölişi kerak"ligini ta'kidladi. Mnuçin AQŞ hukumati birinçi navbatda şifokorlar fikriga tayanişini aytdi.
Tramp şuningdek, AQŞ ijroçi hokimiyati uşbu rejaga tayyorgarlikni nihoyasiga yetkazayotganini ma'lum qildi.
"Biz mamlakatni oçiş rejasiga tayyorgarlikni yakunlaşga juda yaqin turibmiz. Hattoki jadvalda belgilanganidan ham avvalroq yakunlaşga umid qilamiz", - dedi AQŞ ma'muriyati rahbari.
Tramp 29 mart kuni sanitar çeklovlarni 30 aprelga qadar uzaytirişga qaror qilgandi. AQŞ hududida birinçi zarurat mahsulotlari dökonlari va dorixonalargina işlamoqda.
Jons Hopkins universitetining ma'lumotiga köra, AQŞda koronavirusga çalinganlar soni 580 mingdan oşgan, 23 mingdan ortiq kişi vafot etgan.


















