Prezidentning “Özbekiston Respublikasida suriştiruv va dastlabki tergov organlarining faoliyatini yanada takomillaştiriş töğrisida”gi farmoni loyihasi e'lon qilindi.

Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi, Davlat xavfsizlik xizmati, Içki işlar vazirligi, Davlat bojxona qömitasi va Milliy gvardiyasining tergov organlarida suriştiruvçi va tergovçi lavozimiga kadrlar zaxirasini yaratiş, yoş mutaxassislarda tergov harakatlarini ötkaziş könikmalarini şakllantiriş, uşbu sohada “ustoz-şogird” an'analarini mustahkamlaşga qaratilgan quyidagilarni nazarda tutuvçi tartibni joriy etiş töğrisidagi taklifiga rozilik bildirilişi mumkin:

prokuratura, davlat xavfsizlik xizmati va içki işlar organlarida belgilangan ştatlar jadvali doirasida “tergovçi-yordamçi” lavozimini joriy etiş va uşbu lavozimga ta'lim muassasasini tugatgaç mazkur organlarga ilk bor xizmatga qabul qilingan xodimlar tayinlanişi hamda mazkur lavozimda bir yil davomida xizmat olib borişi;

prokuratura, davlat xavfsizlik xizmati va içki işlar organlariga mustaqil tergovçi sifatida tayinlanişida xodimning “tergovçi-yordamçi” lavozimida faoliyat yuritgani birinçi navbatda inobatga olinadi;

birinçi marotaba mustaqil tergovçi lavozimiga tayinlangan şaxsni uç yil davomida boşqa sohaviy yönalişlarga, şu jumladan yuqori tergov organlariga tergovçi lavozimlariga xizmatga ötkazişga yöl qöyilmaydi;

birinçi marotaba mustaqil tergovçi lavozimiga tayinlangan şaxslarga uşbu lavozimlarda köp yillar samarali mehnat qilib, tegişinça prokuratura, davlat xavfsizlik xizmati va içki işlar organlarida xizmat qilayotgan şaxslar orasidan murabbiy biriktiriş.

Mahkumlar va tergov hibsxonalarida saqlanayotgan şaxslarning huquqlarini ta'minlaş, ularning şa'ni va qadr-qimmati hurmat qilinişi ustidan nazoratni kuçaytiriş maqsadida Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari böyiça vakili (Ombudsman) örinbosari – Tergov hibsxonalari va ozodlikdan mahrum etiş joylarida inson huquqlari böyiça vakil lavozimi joriy etiladi.

Tergov hibsxonalari va ozodlikdan mahrum etiş joylarida inson huquqlari böyiça vakilga yuklatilgan vazifalarning samarali bajarilişini ta'minlaş maqsadida Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari böyiça vakili (Ombudsman) kotibiyati tuzilmasiga 16 ta qöşimça ştat birligi ajratiladi.