Vebinarni kuzatgan Kun.uz muxbiri taniqli iqtisodçining fikrlarini özbek tilida keltirib ötadi.

Jahon savdo taşkiloti (JST) va Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII)ga kiriş istiqbollari haqida

– JSTga iloji boriça tezroq kiriş kerak. Bu JST hozirda muammolarimizni hal qilişda yordam bera oladigan kuçli taşkilot ekani uçungina muhim emas, balki avvalo taşkilotga kiriş jarayoni muhim.

JSTga kiriş uçun taşqi savdo tarmoği faoliyat yurtadigan öyin qoidalarini özgartiriş kerak. Öyin qoidalarimiz juda yomon: bojxona tölovlari yuqori, erkin savdo uçun sun'iy tösiqlar juda köp, jumladan notarif tösiqlar. Şuning uçun JSTga kiriş jarayonining özi tartib-taomillar, qoidalar va savdo siyosatini takomillaştirişga yordam beradi. Bu iqtisodiyotimiz uçun muhim va juda foydali. Şuning uçun taşkilotga qançalik tez kirsak, JSTga kirişni qançalik faollaştirsak, iqtisodiyotimizga şunçalik yaxşi böladi.

JSTga kirişning yana bir muhim jihati – deyarli barça mamlakatlar bu taşkilotga kirib bölgan. Unga kirmagan taşkilotlar - 20tadan ortiq dunyoning ilğor bölmagan iqtisodiyotlari. JSTga kiriş işlab çiqaruvçilarimiz uçun mahsulotni eksport qilişda yanada köproq imkoniyatlarni beradi. U yerda hozir mavjud bölgan tösiqlar JSTga a'zo bölmaganligimiz bilan boğliq. Öz-özidan, ana şu tösiqlar ham bölmaydi.

JSTga kiriş amaldorlarimizning «importni öldiriş» borasidagi harakatlarini çeklaydi. JSTga kirsak, amaldorlarimiz bojxona tölovlarini oşirolmaydi, yangi notarif tösiqlarni erkin kirita olmaydi.

YeOIIga keladigan bölsak, men har qanday tösiqlarni kamaytirişga yordam beradigan istalgan integratsiya tarafdoriman. YeOIIga kiriş taşqi savdo uçun köplab tösiqlarni kamaytirişga yordam beradi. U ehtimol migrantlarimiz bilan boğliq vaziyatni yaxşilaş imkonini berişi mumkin, biroq bu yerda ayrim bahsli masalalar ham bor. Iqtisodiy jihatdan, YeOIIga kiriş unga kirmaslikdan köra yaxşiroq. Biroq u yerda siyosiy muammolar bor.

YeOIIga kirsak, Rossiya taşqi siyosatining, u bilan yuzaga keladigan barça mojarolarning asiriga aylanamiz. YeOII teng huquqli a'zolar hamjamiyati hisoblanmaydi. U yerda yagona mamlakat hukmronlik qiladi. Köp qarorlar ana şu mamlakat istagiga köra, köpinça siyosiy qaraşlardan kelib çiqqan holda qabul qilinadi. Buni hisobga oliş kerak. YeOIIga kirişning strategik xavfi ana şunda.

Şuning uçun ham men iloji boriça tezroq JSTga kiriş, keyin esa YeOIIga kiriş haqida öylaş kerak deb hisoblayman. Koronavirus bu jarayonlarga qanday ta'sir qilişini bilmayman. Ideal körinişda u kiriş jarayonlarini tezlaştiradi. Umid qilamanki, u JSTga kirişga xalaqit qilmaydi. Bu jarayonni tezlaştiriş va u bilan şuğullaniş kerak.