Bill Geyts Trampning JSSTni moliyalashtirishni to‘xtatish qarorini xavfli deb atadi
"Agar uning ishi to‘xtaydigan bo‘lsa, boshqa hech qanday tashkilot uning o‘rnini bosolmaydi. Hozirda JSST bizga har qachongidan ham zarur", - dedi Microsoft asoschisi.

Foto: imago
Microsoft asoschisi Bill Geyts AQSh prezidenti Donald Trampning Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotini (JSST) moliyalashtirishni to‘xtatish to‘g‘risidagi qarorini tanqid qilib, buni xavfli deb atadi.
"Sog‘liqni saqlash sohasidagi inqiroz vaziyatida JSSTni moliyalashtirishni to‘xtatish judayam xavfli", - deb yozdi Geyts tvitterda.
U mazkur tashkilot koronavirus tarqalishini sekinlashtirishda yordam berayotganini qayd etdi.
"Agar uning ishi to‘xtaydigan bo‘lsa, boshqa hech qanday tashkilot uning o‘rnini bosolmaydi. Hozirda JSST bizga har qachongidan ham zarur", - deb qo‘shib qo‘ydi Microsoft asoschisi.
Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp Vashington JSST budjetiga badallar to‘lashni to‘xtatayotganini ma'lum qilgandi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, u surishtiruv o‘tkazilishidan oldin o‘z ma'muriyatiga tegishli buyruq bergan. Davlat rahbari ushbu qaror JSST “asosiy majburiyatlarini bajarmaganligi va javobgar bo‘lishi kerakligi” tufayli qabul qilinganini ta'kidladi.
Trampning fikriga ko‘ra, tashkilotning xatti-harakatlari Xitoyning COVID-19 koronavirusi haqida “noto‘g‘ri ma'lumot tarqatishi”ga yordam berdi, bu kasallik ko‘proq avj olishiga olib keldi.
Trampning ta'kidlashicha, amerikalik soliq to‘lovchilar har yili JSST budjetiga 400-500 million dollar miqdorida mablag‘ ajratishadi, Xitoy esa 40 million dollar to‘lagan. “AQSh, tashkilotning asosiy homiysi sifatida, JSST to‘liq javobgarlikka ega bo‘lishini talab qilishi kerak”, - deya qayd etdi u.
Tavsiya etamiz
Urushga qo‘shilgan AQSh, «butun Ukraina bizniki» degan Putin – hafta dayjesti
Jahon | 18:52 / 22.06.2025
Yoz jaziramasi davom etadi: 10 kunlik ob-havo prognozi
O‘zbekiston | 17:56 / 20.06.2025
“Badavlat ayol” loyihasida kim badavlat bo‘lyapti?
Jamiyat | 21:46 / 19.06.2025
Tarvuz tarkibidagi nitratlar: hozirgi tarvuzlarni yesa bo‘ladimi?
Jamiyat | 17:57 / 19.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Eron Qatardagi AQSh bazasiga hujum qildi
Jahon | 03:43
-
Tesla Texasda robotaksi servisini ishga tushirdi
Fan-texnika | 01:37
-
AQSh DeepSeek sun’iy intellekt chatbotini Xitoy armiyasiga yordam berishda aybladi
Jahon | 00:24
-
Prezident administratsiyasining qator xodimlari lavozimdan ozod etildi
O‘zbekiston | 23:33 / 23.06.2025
Mavzuga oid

11:21 / 14.06.2025
JSST Sudandagi bolalar uchun ocharchilik tahdidi haqida ogohlantirdi

22:58 / 20.05.2025
JSST kelajakdagi pandemiyalarga qarshi kurash bo‘yicha yangi global bitimni tasdiqladi

22:17 / 08.05.2025
Bill Geyts milliarder Ilon Maskni qashshoq bolalar o‘limida aybladi

20:18 / 08.05.2025