Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vaqtinchalik propiska muddati karantin tufayli uzaytiriladi – IIV
Ichki ishlar vazirligi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Akbarxon Yunusxo‘jayev vaqtinchalik propiska muddati karantin tufayli uzaytirilishi va fuqarolar javobgarlikka tortilmasligini ma'lum qildi.
«Respublikada koronavirus kasalligi tarqalishining oldini olish bo‘yicha karantin joriy qilingani munosabati bilan Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalarida qabul vaqtincha to‘xtatilgan. Karantin davrida vaqtinchalik ro‘yxat muddati tugaganligi pasport tizimi qoidalarini buzganlik, deb hisoblanmaydi va fuqarolar javobgarlikka tortilmaydilar.
Shuningdek, fuqarolar tomonidan 1 apreldan boshlab Toshkent shahrida ko‘chmas mulk sotib olish (doimiy propiskasiz) tartibi bo‘yicha savol ham kelib tushgan. Ayni vaqtda karantin sababli notarial idoralari hamda Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalarida qabul vaqtincha to‘xtatilgan va karantin tugaganidan so‘ng murojaat etish mumkin.
Fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga va amaldagi pasport muddati tugagan fuqarolarga ham biometrik pasport karantindan so‘ng rasmiylashtirilishini ma'lum qilamiz», Yunusxo‘jayevning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Mavzuga oid
15:58 / 21.04.2026
“Shaharlashuv darajasi pastligi – O‘zbekistonning ochilmagan potensiali” - Behzod Hoshimov
11:04 / 12.10.2025
“AQSh vizasini olishdan ham qiyinroq edi” – tarixga aylangan Toshkent propiskasi haqida
10:00 / 13.07.2025
Toshkent propiskasining ochilishi, avtoterroristlarga chora va poraxo‘rlik “xit-paradi” - hafta dayjesti
21:33 / 12.07.2025