«Komsomolskaya pravda» nashri bank tizimida ekspert bo‘lib ishlaydigan Andrey Dalnov bilan koronavirus pandemiyasidan keyingi hayotdagi o‘zgarishlarni muhokama qildi.
Ekspert so‘zlariga ko‘ra, 5ta o‘zgarish yuz beradi va ulardan 4tasi jamiyatda shakllanib bo‘ldi.
«Birinchi navbatda bandlik shaklining o‘zgarishiga tayyor turish kerak», - dedi Dalnov.
«Albatta o‘zini yakkalash rejimi fuqarolarning ish faoliyatiga ta'sir qiladi. Aniqrog‘i uning deyarli yo‘qligiga. Biroq, bu hamma sohalarga taalluqli emas. Ba'zi ishlar insonning ish o‘rnida hozir bo‘lishini talab qilmaydi. Shu sababli «masofadan» ishlash yanada ommalashib boradi.
Ikkinchi navbatda, ma'lumotlarni uzatish va internet sohasiga, masalan virtual reallik kabi sohalarga kiritilayotgan investitsiyalar oshadi.
Uchinchi navbatda, oziq-ovqat iste'moli tizimi o‘zgaradi. Odamlar mahsulot yetkazib berish xizmatlaridan tez-tez foydalana boshlaydilar.
To‘rtinchi navbatda, jamiyatni robotlashtirish tezlashadi. Ba'zi mamlakatlarda bunday texnologiyalar hozir ham ustuvor ahamiyatga ega. Chunki, ular insonlarning hayotini yengillashtirishga yordam beradi.
Beshinchi masala so‘nggi paytlarda dolzarb bo‘la boshladi: odamlarning shahardan qishloqlarga ko‘chishi. Uni asoslash biroz qiyinroq. Chunki insoniyat tarixi davomida buning aksini kuztganmiz.
Qishloqdagi hayot shaharga qaraganda barqarorligi bilan ajralib turadi. Shu bilan odamlarni o‘ziga jalb qilishi mumkin. So‘nggi paytlarda shaharda kvartiraga, qishloqda esa katta uy xo‘jaligiga ega bo‘lganlar ko‘paymoqda. Buning sababi – hayot sifatining o‘zgarishi, avtomobillarning hamyonbop bo‘lishi va yo‘llarning yaxshilanishidir. Misol uchun Moskvadan 100 km masofada uyim bor. 30 yil oldin u yerga borish jarayoni butun boshli sayohatga aylanar edi: 2ta vtobus, elektrichka... Hozir esa qishlog‘imga 1,5 soat ichida yetib olaman.
Iqtisodiy va epidemiologik inqirozlar natijasida texnologiyalarning rivojlanishi qishloqqa ko‘chib o‘tish ishtiyoqini yanada oshirishi mumkin. Chunki qishloqdagi hayot tarzi shaharga qaraganda barqarordir. Oddiy misol. Hozir ko‘chaga chiqishingiz, o‘rmonda sayr qilishingiz, yugurishingiz mumkin. Ya'ni inqroz davrida o‘z odatlaringizni o‘zgartirmaysiz.
Bundan tashqari, texnologiyalarning rivojlanishi natijasida geografik holatingiz ham muhim ahamiyatga ega bo‘lmaydi. Masalan, virtual reallik texnologiyasi sizga ofisda bo‘lish effektini beradi. Videokonferensiyalar bunga qarab tashlangan ilk qadamdir.
















