“YeOII öz iştirokçilari uçun teng şartlarda faoliyat yuritsa, barçaga foydali taşkilotga aylanadi. YeOII doirasida xizmatlar sohasida taşkil etiladigan yagona transport makoni xalqaro taşişlar sohasida ruxsat beriş tartiblarini soddalaştiriş, yölovçilarning yuklar va transport vositalarining erkin harakatlanişini ta'minlaydi.

Qişloq xöjaligida bojxona tartiblarini soddalaştiriş hisobidan tadbirkor, fermerlarimiz uçun ulkan bozor eşiklari oçilişi, ular özlari yetiştirgan mahsulotlarni töğridan-töğri eksport qila boşlaşlari mumkin. YeOII davlatlariga Özbekistondan meva-sabzavot mahsulotlarini yetkazib beriş böyiça samaradorligi bir yilda qöşimça 350 mln AQŞ dollariga oşişi prognoz qilinmoqda.

Ammo eksport hajmining oşişi içki bozorimizda uşbu mahsulotlar taqçilligini yuzaga keltirib çiqarişi mumkin. Bu esa bozorlarimizda meva-sabzavot narxlarining oşişiga olib kelişi kutiladi”, deya Dilrabo Xolboyevaning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Deputatning ta'kidlaşiça, xuddi şunday holatni göşt mahsulotlari misolida ham körişimiz mumkin.

“Hozirgi kunda mamlakatimizda çorvaçilik mahsuloti eksporti belgilangan tartib bilan amalga oşiriladi. YeOIIga a'zolik esa mazkur tartibni bekor qiladi. Natijada tadbirkorlarimizning xorijga göşt eksport qilişga ötib ketişi özi şundoq ham taqçil bölib turgan içki bozorimizda narxning sezilarli oşişiga olib keladi.

Bundan taşqari içki bozorni töyintiriş uçun uçinçi mamlakatlardan import qilinayotgan göşt mahsulotlari ham biz uçun qimmatga tuşa boşlaydi. Amaldagi tartibga köra, mamlakatimizga tirik hayvonlar olib kirişga şuningdek, ularning göşti uçun import boji 0 foizni taşkil etadi. Ya'ni hozirda boj tölovlarisiz olib kiryapmiz.

YeOIIda esa tirik hayvonlar olib kirişga 5 foiz, göşt olib kirişga esa 15 foiz miqdorida import boji qöllaniladi. Körib turganingizdek, a'zo bölib kirganimizdan keyin uçinçi mamlakatlardan import qilinayotgan tirik hayvonlar narxi 5 foizga, göşt mahsulotlari narxi 15 foizga kötarilişi muqarrar”, deydi u.

«Adolat» SDP fraksiyasi a'zosi YeOII faoliyatida iştirok etiş Özbekistondan qaysi sohalarda özgarişlarni amalga oşirişni talab etişiga ham töxtalib ötdi.

“Birinçidan, sanitariya nazorati masalalari böyiça Özbekistonda amal qiladigan sanitariya-gigiyena qoidalari va normalarini YeOII Yagona sanitariya-epidemologiya va gigiyena talablariga hamda laboratoriyalarni oziq-ovqat xavfsizligi böyiça jihozlaş talablariga mufoviqlaştiriş zarur.