Vazirlar Mahkamasining “Farg‘ona viloyatining Rishton tumanida “Ixtisoslashtirilgan hunarmandchilik majmuasi” tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.

Farg‘ona viloyati hokimligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Qurilish vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, “O‘zsanoatqurilishbank” ATB, “O‘zkimyosanoat” AJning:

Farg‘ona viloyatining Rishton tumanida “Ixtisoslashtirilgan hunarmandchilik majmuasi”ni tashkil etish va uning hududida milliy hunarmandchilik, xalq badiiy va amaliy san'atini rivojlantirish;

Farg‘ona viloyati, Rishton tumani, “Farovonlik” MFY, To‘qimachi ko‘chasida joylashgan viloyat “Agrokimyohimoya” XAJga qarashli, umumiy yer maydoni 1,1 gektarga teng bo‘lgan “Rishton” nomli 4-sonli mineral o‘g‘it tarqatish shoxobchasini Rishton tuman hokimligi balansiga o‘tkazish;

keyinchalik ushbu yer uchastkasini “O‘zsanoatqurilishbank” ATBning investitsiya kompaniyasi – “SQB Capital” MChJga “Ixtisoslashtirilgan hunarmandchilik majmuasi”ni tashkil etish uchun ajratish to‘g‘risidagi takliflari qabul qilinishi mumkin.

“SQB Capital” MChJga:

2020 yilning yakuniga qadar “Ixtisoslashtirilgan hunarmandchilik majmuasi” hududida obektlarni belgilangan shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya etgan holda qurishga;

istisno tariqasida “Ixtisoslashtirilgan hunarmandchilik majmuasi” hududida amalga oshiriladigan loyihalar doirasida loyihalash va pudrat tashkilotlarini, shuningdek, asbob-uskunalarni yetkazib beruvchilarni tender (tanlov) savdolari o‘tkazmasdan, eng yaxshi takliflarni tanlab olish asosida aniqlashga ruxsat etiladi.

“O‘zsanoatqurilishbank” ATBga “SQB Capital” MChJ tomonidan qurilish ishlarini moliyalashtirilishi uchun kredit mablag‘larini ajratish tavsiya etiladi.

Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi “SQB Capital” MChJga “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tomonidan ajratilgan kredit bo‘yicha hisoblanadigan foiz to‘lovlari bo‘yicha xarajatlarni qoplash uchun kompensatsiya taqdim etadi.

“Hunarmand” uyushmasi “O‘zsanoatqurilishbank” ATB va “SQB Capital” MChJ bilan birgalikda:

2020 yil 31 may kuniga qadar milliy hunarmandchilik, xalq badiiy va amaliy san'atini rivojlantirish maqsadida tashkil etilayotgan “Ixtisoslashtirilgan hunarmandchilik majmuasi”ga joylashtirish uchun talabgor hunarmandlar ro‘yxatini shakllantiradi;