Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy mamlakatning O‘zbekistondagi yangi elchisini tayinladi.
Ukraina rahbarining farmoniga binoan Nikolay Doroshenko Ukrainaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlandi.
Ushbu tayinlovdan oldin u Ukrainaning Qirg‘izistondagi elchisi bo‘lib ishlagan. Doroshenko ushbu lavozimda 2019 yilning mart oyida O‘zbekistondagi missiyasini yakunlagan Yuriy Savchenkoni almashtirdi.















