Besh davlat qashshoq mamlakatlar uchun 11,7 mlrd dollarlik imtiyozli kredit ajratishga qaror qildi
XVJ taqsimlovchi direktori Kristalina Georgiyevaning so‘zlariga ko‘ra, ayni paytgacha 102 mamlakat moliyaviy yordam so‘ragan bo‘lib, shu oy oxirigacha ularning 50ga yaqini bu yordamni oladi.
Avstraliya, Buyuk Britaniya, Kanada, Fransiya va Yaponiya qashshoq mamlakatlarga imtiyozli kredit berish uchun Xalqaro valuta jamg‘armasiga (XVJ) 11,7 mlrd dollar taqdim etadigan bo‘ldi. Bu haqda XVJ taqsimlovchi direktori Kristalina Georgiyeva ma'lum qildi.
"Biz a'zo davlatlarni qashshoqlikni kamaytirish va iqtisodiy o‘sishga ko‘mak berish maqsadida Trast fondimiz uchun zudlik bilan 17 mlrd dollarlik imtiyozli kredit taqdim etishga chaqirdik. Bugun a'zolarimiz ushbu mablag‘ning 70 foizini taqdim etishga rozi bo‘ldi. Men 11,7 mlrd dollar taqdim etish majburiyatini olganliklari uchun Yaponiya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Avstraliya va Kanadaga chuqur minnatdorlik bildiraman", - dedi u.
Georgiyevaning so‘zlariga ko‘ra, ayni paytgacha 102 mamlakat moliyaviy yordam so‘ragan bo‘lib, shu oy oxirigacha ularning 50ga yaqini bu yordamni oladi.
Xalqaro valuta jamg‘armasi jahon iqtisodiyoti 2020 yilda 3 foizga pasayishini prognoz qilmoqda, bu 2009 yildagiga qaraganda ancha jiddiy ko‘rsatkich.
XVJ O‘zbekistonning iqtisodiy o‘sishlari bo‘yicha prognozlarini ham e'lon qildi. Unga ko‘ra, 2020 yilda mamlakat yalpi ichki mahsuloti o‘sish sur'ati 1,8 foizni tashkil qiladi. Lekin 2021 yilda 7 foizga chiqadi. Inflatsiya 12,6 foiz, kelgusi yilda 10,6 foiz bo‘lishi prognoz qilingan. Joriy to‘lov balansi esa -9,4 foizga tushib ketadi.
Mavzuga oid
15:56 / 16.07.2020
XVJ jahon iqtisodiyoti xavf ostida qolayotganligini bildirdi
17:32 / 19.06.2020
Lukashenko XVJ koronavirusga qarshi kurashish bo‘yicha nomaqbul talablarni qo‘yganini aytdi
17:40 / 20.05.2020
Xalqaro valuta jamg‘armasi rahbari Shavkat Mirziyoyevga maktub yo‘lladi
21:22 / 18.05.2020