Inqiroz davrida biznesning bosh aktivi — inson kapitalini yo‘qotmaslik haqida ABBYY asoschisi, sun'iy intellekt sohasida seriyali tadbirkor David Yan so‘zlab berdi. Uning fikrlari Forbes`da chop etildi.

Jahondagi mashhur HR-tahlilchilardan biri Josh Bersin va IBM`ning personalni boshqarish bo‘yicha direktori Dayan Gerson bir muddat avval o‘tkazgan qo‘shma vebinarida shunday degandi: «Og‘ir kelgan 2008 yilda kompaniyalarni moliyaviy direktorlar saqlab qolgan. 2020 yilda bu ishni personal bo‘yicha direktorlar bajarishadi».

Masofadan turib ishlayotgan jamoani boshqarishning har qanday jamoani boshqarish bilan bog‘liq bir necha bazaviy prinsiplari bor. Bu, o‘z navbatida, jamoaviylik, kommunikatsiya, qarorlar qabul qilish, ishlarni bajarish, ish muhitini hamda ish vaqtini tashkil qilish usullariga yangi talablarni qo‘yadi.

Kichik va yirik ishchi guruhlarni boshqarishda ko‘plab jihatlar bor, ulardan quyidagilarini ajratib ko‘rsatish mumkin:

·       muloqot va qayta aloqa;

·       shaffoflik va ishonch;

·       qo‘llab-quvvatlash va o‘zaro yordam;

·       aniq maqsadlar;

·       o‘lchanadigan natijalar;

·       texnik vositalar;

·       ish va shaxsiy hayot o‘rtasidagi muvozanat.

Men ABBYY bilan birga 12ta kompaniyaga asos soldim, ularda jahonning 13 mamlakatida 1300 xodim ishlamoqda. Masalan, Yva.ai xodimlari jahonning to‘rt davlatidan turib masofadan ishlashadi. O‘zim esa so‘nggi 8 yildan buyon Kremniy vodiysida yashayapman va 100 foiz masofadan – uydan turib ishlayapman.

Kremniy vodiysining men asoschilari bilan hamsuhbat bo‘lgan, yirik taqsimlovchi korxonalari tajribasi asosida va masofadan turib ishlovchi jamoalarni yaratish bo‘yicha shaxsiy tajribamdan kelib chiqib, ayni paytda jamoasini uyidan turib ishlashga o‘tkazayotganlarga quyidagi maslahatlarni bermoqchiman.

1-maslahat. Raqamli ofis muhitini yarating va videokonferensiya orqali kuniga ko‘p marta uchrashib turing

Birinchidan, muhim mavzular bo‘yicha kundalik yoki haftalik uchrashuvlar tashkillashtiring. Bu masofadan turib ishlayotgan jamoa uchun zarur ritm yaratadi. Ikkinchidan, ishchi guruhdagi hamkasblar, rahbarlar va xodimlari o‘rtasida kun davomida tezkor uchrashuvlar imkoniyatini ta'minlang.