«Koronavirus pandemiyasi ta'siridan odamlarni asraş va tezroq bu kasallikni bartaraf etiş uçun mamlakatimizda barça kuç va vositalar safarbar etilmoqda. Uşbu maqsadda Pop tumanining Ğurumsaroy qişloğida boşlangan 1200 kişilik karantin zonasi hamda 150 kişilik maxsus şifoxona qurilişi jadal davom etmoqda», deyiladi viloyat hokimligi matbuot xizmati xabarida.

Umumiy maydoni 16,3 gektarni taşkil qiladigan uşbu kompleksda şifokorlarga alohida xona, jarrohlik, jonlantiriş bölimlari, muolaja xonalari, tibbiyot bölimlaridan taşqari karantin hududiga keltirilganlardan şu yerning özida tahlil oliş uçun laboratoriya, dorixona, oşxona, kir yuviş bölimi, utilizatsiya böyiça alohida joy ham qurilmoqda.

Ventilyatsiya, tibbiy kislorod yetkazib beriş, kommunikatsiya tizimlari zamonaviy tarzda jihozlanadi.

Quriliş maydoniga elektr energiyasi, gaz, suv tarmoqlari tortiş böyiça ham işlar yuqori sur'atda taşkil etilgan.

1200 kişilik karantin zonasi maxsus jihozlangan konteynerlardan taşkil topadi. 150 kişilik şifoxona esa yengil konstruksiyalar asosida barpo etiladi.




















