Rossiyadagi köplab migrantlar karantin şaroitida işini yöqotdi. Bunday vaqtda yangi iş topiş oson emas / GETTY IMAGES

BBC muxbiri koronavirus tasdiqlanmagan bölsa-da mamlakat aholisi bundan qanday zarar körayotgani haqida örgandi.

43 yoşli Şahlo (haqiqiy ismi sir tutilgan) Covid-19 haqida ilk marta televizor orqali Xitoydagi yangiliklardan eşitgan. Öşanda bu hali juda uzoqda edi va u hayoti qançalik özgarib ketişini tasavvur qila olmasdi.

U yetti yil muqaddam Duşanbedan Moskvaga kelgan, uning ötgan yillardagi hayoti iş va uy orasida ötdi. Avvaliga u farroş bölib işlagan, keyin sartaroş, atigi bir oy oldin dökonga sotuvçi sifatida işga kirgandi. Moskvada Şahlo öğli bilan yaşaydi. Duşanbeda qizi va nabirasi qolgan.

«Men uruşda erimni yöqotganman va bolalarimni yolğiz voyaga yetkazganman, qizim juda erta turmuşga çiqqan va tezda ajraşgan. Öşanda men unga farzandini katta qilişda yordam beriş uçun Moskvaga ketişga qaror qilgandim. Şundan buyon töxtovsiz işlab kelaman», deya hikoya qiladi Şahlo.

Ammo bir oy avval u birinçi marta işsiz qoldi - u işlagan dökon karantin çoralari tufayli yopildi. U işdan böşaganida tezda boşqa iş topişiga umid qilgandi, ammo uning tanişlari işlaydigan barça joylar yopilgandi.

Hozirda Şahlo va uning yetti nafar vatandoşi ikki xonali kvartirada yaşamoqda. Karantin vaqtida Moskvada iş topiş esa juda qiyin. «Menda hozirgaça röyxatdan ötib qöyiş uçun vaqt bölmadi, men bu yerda qolişim uçun patent muddatini uzaytirişim kerak. Buni qanday qilişni bilmayman, ijara haqini qanday qilib tölaşimni bilmayman, ammo eng qörqinçlisi - birgina menga qarab qolgan qizim va nabiramga qanday yordam berişni bilmayman», - deydi ayol.

Şahloning öğlining biroz omadi keldi: u oziq-ovqat yetkazib beruvçi kurer sifatida işga kirdi. Ammo uning topgani Moskva va Duşanbedagi tört kişini boqiş uçun yetmaydi. Şahlo va uning öğli Duşanbega qaytişdan ma'no yöq deb hisoblaşmoqda, u yerda hozir ham iş yöq.